Brendan Rojers “CHelsi”ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
19 avg 2019 07:55
Yangiliklar
Brendan Rojers “CHelsi”ga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?
“Lester” ustozi kecha APLning 2-turi doirasida “CHelsi”ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Ortda qolgan o'yindagi harakatlarimizdan qoniqdim. Bizga qarshi top-jamoa to'p surdi. Ha, o'yin avvalida qo'yib yuborilgan goldan xafa bo'ldim. Bu ham mening aybim. Ammo o'yinimiz darajasi va uning tezligidan ko'nglim to'ldi. Yagona minus tarafi esa natija bo'ldi. G'alaba qozonishimiz kerak edi. Umuman olganda, bitta jamoa sifatida to'p surdik. Bizda hammasini o'z foydamizga hal etish uchun imkoniyatlar ham bo'ldi. Olg'a harakatlanishda davom etamiz. Keyingi turda g'alaba bo'ladi deb umid qilaman”,—deydi Rojers.
Fikrlar