Breaking: SHomurodov ertaga Rimga etib borishini elon qildi
30 iyu 2021 23:04
Yangiliklar
Breaking: SHomurodov ertaga Rimga etib borishini elon qildi
Xabaringiz bor, "Jenoa" hujumchisi "Roma"ga o'tmoqda.
"Ertaga ko'rishguncha, rimliklar!", – deb yozadi Eldor SHomurodov twitter'dagi sahifasida.
Avvalroq rimliklar O'zbekiston terma jamoasi hujumchisini 16 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi aytilgandi hamda uning yillik maoshi ochiqlangandi.
SHomurodov 2026 yilgacha "Roma" manfaatlarini himoya qiladi. "Jenoa" futbolchining keyingi sotuvidan malum miqdorda pul ishlab oladi. Rim klubi 26 yoshli futbolchiga bir mavsum uchun 2 million evro to'laydi.
Oldinroq SHomurdovning "Jenoa"dan ijaraga olinishi "Roma"ga 2,5 million evroga tushishi aytilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu boshchiligidagi "Roma" yangi mavsumda Konferenciyalar Ligasida o'ynaydi.
Fikrlar