Breaking news: "Al Hilol" OCHLdan chetlatildi, uning barcha natijalari bekor qilindi. "Paxtakor" va "SHabab Al Ahli" guruhdan chiqishdi
23 sen 2020 23:24
Yangiliklar


Breaking news: "Al Hilol" OCHLdan chetlatildi, uning barcha natijalari bekor qilindi. "Paxtakor" va "SHabab Al Ahli" guruhdan chiqishdi
OFK "Al Hilol" klubini Osiyo chempionlar ligasidan chetlatishga qaror qildi.
"Al Hilol" reglamentga ko'ra 13 nafar futbolchini yig'a olmadi va o'z o'zidan musobaqadan chetlatildi. Klubning guruh bosqichidagi barcha natijalari bekor qilindi va "Paxtakor" hamda "SHabab Al Ahli" klublari keyingi bosqichga chiqishdi.
"Paxtakor"ning bugungi "SHahr Xodro" bilan o'yini natijasi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Endi "Paxtakor" 1/8 finalda Eronning "Istiqlol" klubi bilan o'ynaydi.
# | Klub | O' | YU | D | M | T-F | O |
1 | Paxtakor | 3 | 2 | 1 | 0 | 5:1 | 7* |
2 | SHabab Al Ahli | 4 | 2 | 1 | 1 | 3:2 | 7* |
3 | SHahr Xodro | 3 | 0 | 0 | 3 | 0:5 | 0 |
* - "Paxtakor" o'zaro o'yinlarda "SHabab Al Ahli"dan ustun.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar