Breaking! "Barselona" vakillari Ronalduning agenti bilan uchrashdi
15 okt 2022 15:03
Yangiliklar
Breaking! "Barselona" vakillari Ronalduning agenti bilan uchrashdi
Britaniyaning "The Sun" tabloidi jurnalistlari "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida kutilmagan xabarni chop etdi.
37 yoshli to'purar faoliyatini Kataloniyaning "Barselona" jamoasida davom ettirishi mumkin.
KriRo manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh yaqinda Manchesterdagi muassasalardan birida "ko'k-anorranglilar" vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Krishtianu yozgi transfer oynasida "qizil iblislar"ni tark etmoqchi edi, biroq klublarning birortasi bilan kelisha olmadi.
Portugaliyalik uzoq vaqt davomida "Barselona"ning asosiy raqibi "Real"da o'ynagan. Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha "qirollik klubi" ranglarini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar