So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  251 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Braziliyaliklar uchun Evropaga yo'l Portugaliyadan boshlanadi. Nega?! Yangiliklar

Braziliyaliklar uchun Evropaga yo'l Portugaliyadan boshlanadi. Nega?!

Yosh braziliyaliklar ko'pincha Portugaliya tomon yo'l oladi. Ular kim va bunga sabab nima?

Primeyra xuddi iqtidorlar ishlab chiqaradigan zavodga o'xshaydi

Portugaliya chempionati anchadan buyon Evropa top-klublarida o'ynashga oshiqadigan yosh iqtidorlar uchun tramplin vazifasini o'tashi hech kimga sir emas. Joao Feliks, Eder Militao va Fabio Silva transferlari so'zimizga yorqin misol bo'la oladi. Yosh iqtidorlar tobora Primeyra tomon intilishmoqda, sababi ular u erda kuchli futbolchilar bilan o'ynab, tajriba orttirishlari hamda mahoratlarini oshirishlari mumkin. Ushbu liga bolaligidanoq Atlantika okeanining boshqa qirg'oqlariga jo'nab ketadigan braziliyalik o'yinchilarni ham chetlab o'tmadi.


Portugaliya chempionatida braziliyaliklar shunchalik ko'pmi?

Bir qator mashhur faktlarni etiboringizga taqdim etamiz:

  • Braziliya mamlakati pasportiga ega o'yinchi Portugaliyaning deyarli barcha klubida bor:
  • Primeyraning 40%dan ko'proq futbolchisi — braziliyalik
  • Portugaliyada boshqa millat vakillariga qaraganda, braziliyaliklar bir necha barobar ko'p. Masalan, Transfermarkt malumotlariga ko'ra, "Portimonensi"da Braziliya pasportiga ega naqd 17 (!) o'yinchi bor. Bu erda yoshlar ham, 30dan oshganlar ham birdek to'p tepadi.


Nega brazillar aynan Primeyra tomon yo'l oladi?

Istiqbolli yoshlarning bolalikdagi orzusi — Evropaning top klubida o'ynash. Ular Rivaldo, Ronaldo va Ronaldino kabi taniqli futbolchilar faoliyatiga havas bilan qarab, aynan ularga o'xshashni istashadi. SHu sababli, birinchi imkon tug'ilgandanoq, transatlantik reysga chipta olishga oshiqadilar.

Braziliyaliklar ingliz tilini yaxshi bilishmaydi. Bu esa ularning yangi jamoaga moslashishlaridagi eng katta muammosi bo'ladi. Misol uchun, Rodrigo "Real Madrid"ga o'tganida quyidagi so'zlarni aytgandi:

"Albatta, dunyoning top jamoalaridan birida to'p tepish menga katta kuch bag'ishlaydi. To'g'ri, bu odamni biroz cho'chitishi mumkin, ammo qo'rquv bo'lgani yaxshi. CHunki u menga yanada ko'proq motivaciya beradi. Klubning menga bo'lgan ishonichini oqlashim kerak".

Janubiy Amerika maktablaridagi shart-sharoitlar ko'pchilikni qoniqtirmaydi. Misol uchun, bu erda taktika ikkinchi o'ringa tushib qoladi. Ko'plab brazillar faqat o'z yulduziga ishonib, jamoaviy ishni unutib qo'yadilar. Evropa chempionatiga o'tgandan so'ng bu ham katta muammolardan biriga aylanadi.

Mini-futbolda ham vaziyat bundan yaxshi emas. Belgiya qirollik futbol ittifoqi vice-prezidenti Karlos Bettankurt hisobotiga ko'ra, so'nggi to'rt yil ichida 400dan ortiq futbolchi Braziliyani tark etibdi. Bunga asosiy sabab, albatta, iqtisod. Mamlakatda inqiroz chuqurlashib bormoqda: Braziliya realining dollarga nisbatan qiymati ancha pasaygan, bu esa futbolchilar maoshiga salbiy tasir qilgan.


Portu — Braziliya o'yinchilari uchun ideal makon

"Portu" azaldan brazillarni etishtirish va sotish bilan mashhur. 80-90-yillarga nazar tashlaydigan bo'lsak, himoyachilardan Jeraldao va Aloizio, yarim himoyachilardan Doriva va Emerson hamda bazi hujumchilarni esga olmasdan iloji yo'q. Masalan, Artur va Mario Jardel "Portu"ning 175 bahsida maydonga tushib, 168 gol urishga muvaffaq bo'lganlar. Braziliya termasi chap qanot himoyachisi Branko ham shu klubda ikki mavsum davomida to'p tepgan. Futbolchi JCH-94da muntazam ravishda asosiy tarkibdan maydonga tushgan va o'sha mashhur sovrinni qo'lga kiritgan.

21 asrda karnavallar yurti vakillaridan bir qanchasi "Portu"dan qo'nim topdi.

  • Xalk, ayniqsa, rossiyaliklarga yaxshiroq tanish bo'lsa kerak. Sababi uning o'ta kuchli zarbalari "Zenit" muxlislari yodida abadiy qoladi. Agar "Portu"dagi o'yinlariga nazar tashlasak, u holda Xalk Primeyrada takrorlanmas bo'lganini inkor etib bo'lmaydi. Xalk portugal klubida 169 uchrashuvda maydonga tushdi va 77ta gol urdi hamda 61ta golli uzatma berdi.
  • Danilo "Portu"da to'rt kuchli mavsumni o'tkazdi, keyin esa "Real Madrid"ga o'tdi. "Qaymoqranglilar" tarkibida ham, "Manchester Siti"da ham o'yinchidan bundan ortig'ini kutishgandi. Danilo hozirda "Yuventus"da to'p tepmoqda. Braziliyalik ham xuddi Krishtianu Ronaldu kabi A Seriya, APL va La Liga g'olibi sanaladi.
  • Eder Militao, Aleks Telles, Aleks Sandro. Xo'sh, bu uch o'yinchini nima birlashtirib turadi? Ha, to'g'ri! "Portu" ularni Evropa top-klublariga katta foyda evaziga sota oldi.


Portugallar Braziliya chempionatida ham o'ynaydi

Markos Paolo — karnavallar yurtidagi yosh iqtidorli, tez suratlarda o'sadigan futbolchiga yorqin misol. Endigina 19 yoshda bo'lgan yigitcha "Fluminense" asosiy tarkibidan muqim joy egallay oldi va klub safida 51 uchrashuvda maydonga tushdi. 8 gol + 8 assist — yomon emas-a?

Paoloning ajoyib jihatlaridan biri — universalligi. Bo'yi 186 sm bo'lsa-da, ajoyib texnika sohibi. SHuningdek, uning arsenalida to'psiz harakatda va joy tanlashdagi aqlli o'yinni qayd etish mumkin.

Markos Paolo portugaliyalik muxlislar ichida unchalik ham mashhur emas. U Portugaliya yoshlar termalarida muvaffaqiyatli to'p tepadi, lekin Primeyra klublarida etarlicha tajribaga egamasdi. Uning yoshlar termasidagi jamoadoshi Fabio Silva bir necha barobar mashhurroq.

Mish-mishlarga qaraganda, "Barselona" va Moskvaning CSKA klubi futbolchiga qiziqmoqda. 45 mln evro tovon puli xaridorlarni qo'rqitib yuborishi mumkin, lekin kelishuvning bor yo'g'i bir yili qolganini inobatga olib, klub rahbariyati transfer summasini qayta ko'rib chiqishi mumkin.


Bu mavsum braziliyalik futbolchilardan kimlar "nur sochishi" mumkin?

Vanderson Galeno — "Braga" etakchilaridan biri. "Portu" ikkinchi tarkibida bir necha mavsum o'tkazgach, braziliyalik "Braga" tomonidan bo'lgan taklif borasida uzoq o'ylanib o'tirmadi. Portugaliyalik hamkasblarimiz Galenoni Xalk bilan solishtirishmoqda.

SHu kunlarda "Zenit"ga o'tgan Vendel — "sakkiztalik". U Ozdoev yoki Barrios bilan "hamkorlikda" maydonning har ikki tomonida ham foyda keltirishi mumkin. O'yin uslubi bo'yicha futbolchi hamyurti "Yuventus" yarim himoyachisi Artur Meloga o'xshab ketadi. Bir necha yil avval Artur-Vendel juftligi Braziliyada kelajagi porloq deb qaralgan, ammo hozir terma safida ularning birgalikda harakat qilishini tasavvur qilishning o'zi qiyin.

Bruno Tabata 2014 yil Braziliya Kubogi U-17 "Eng yaxshi futbolchisi" nomiga loyiq ko'rilgan. Agar siz aldamchi harakatlar va muvaffaqiyatli o'yinlardan kadrlar jamlangan videoroliklarni ko'rishni yaxshi ko'rsangiz, "YouToube"da ular etarli. Tabata tashqi ko'rinishi va o'yin uslubi bilan "Spartak"dagi hamyurtimiz Oston O'runovga ham o'xshab ketadi.


Aksar braziliyalik futbolchilar Portugaliya fuqaroligini olishadi 

O'zi braziliyaliklar boshqa yurt termalari safida o'ynashni xush ko'rishadi chog'i: Rossiyadagi Fernandes, Gilerme, Arini eslashning o'zi kifoya...

Pepe va Deku — terma jamoa tarixida o'chmas iz qoldirgan juftlik. Pepe Portugaliya terma jamoasi safida 13 yildan buyon maydonga tushadi. U Karvalyu, Alvesh, Fonte va yosh Diash bilan juftlikda o'ynashga ulgurdi. Yoshiga qaramay, Pepe "Portu"ning asosiy himoyachilaridan hisoblanadi va termadan taklif olmoqda.

Deku tarixi undanda qiziqarli. 2003 yil u asl vatani Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut o'yinini o'tkazgan va jarima zarbasidan hal qiluvchi golni urgan. O'shanda portugallar 1966 yildan buyon ilk bor Braziliyani taslim etishgandi.





Luish Figu Dekuning Portugaliya termasiga taklif qilinishiga unchalik ham hayrixoh bo'lmagan. 2003 yil u terma jamoa murabbiyi Luis Felipe Skolarini, 2004 yil futbolchining o'zini ochiqchasiga tanqid qilgan:

"O'ylashimcha ispaniyaliklar men ularning termasida o'ynagim kelib qolsa, u qadar baxtiyor bo'lishmasdi, —  degan Figu. Mabodo sen Xitoyda tug'ildingmi, unda hurmatingni bilib, qolganlarni ham hurmat qilib, Xitoy uchun o'yna. Agar sen braziliyalik bo'lsang, o'zingnikilar bilan elkama-elka to'p tep. Deku Portugaliya termasi libosida maydonga tushishi termamiz va jamoa ruhiyatiga salbiy tasir ko'rsatadi".

Gap shundaki, Deku Figuning asosiy tarkib uchun to'g'ridan-to'g'ri raqobatchisi edi va Figu Angliyaga qarshi bellashuvda Deku emas, o'zi alishtirilganidan juda qattiq g'azablangan. Figu terma jamoadan 2004 yil ketdi va JCH-2006 uchun qaytdi, musobaqadan keyin yana xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlaganini malum qildi. Deku esa Portugaliyada Figusiz 4 yil harakat qildi va omadsiz JCH-2010 dan keyin butkul milliy jamoadan ketgan.


Braziliya va Portugaliya nafaqat futbolda, balki siyosatda ham yaxshi aloqalarga ega

Ikki davlat munosabatlari ancha oldin boshlangan: 1532 yil Braziliyaga ilk "yurishlarini" qilganlar. 

Bugungi kunda Braziliya va Portugaliya ko'plab sohalarda hamkorlikni yo'lga qo'ygan. SHuningdek, ikki mamlakat vakillari muntazam ravishda sammitlar tashkil etadilar va hamkorlikni rivojlantirish, samarali loyihalar borasida fikr almashadilar. Har ikki tomon portugal tilini yanada kengroq tarqalishi tarafdori hisoblanadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика