Braziliyaliklar FIFAni rasizmda gumon qilishdi
03 dek 2013 15:02
Yangiliklar

Braziliyaliklar FIFAni rasizmda gumon qilishdi
San-Paulu prokuraturasi braziliyaliklar rasizmda gumon qilayotgan FIFAga nisbatan tekshiruv ishlarini boshladi.
Prokuror Krishtiano Jorje Santos futbol bo'yicha 2014 yilgi jahon chempionatiga qura tashlash marosimi uchun nima uchun qora tanli emas, aksincha, ikki nafar oq tanli boshlovchi tanlanganini tushuntirib berishni talab qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Marosim boshlovchiligi uchun qora tanli aktyorlar ham davogarlik qilishgandi, biroq FIFA va shouni tashkil etish uchun masul bo'lgan GEO Eventos kompaniyasi model Fernandu Lima va uning eri Rodrigo Xilbertni tanlagan. Prokurorning so'zlariga ko'ra, agar ushbu qaror rasistik tasavvurlardan kelib chiqib qabul qilingan bo'lsa, u holda jinoiy ish qo'zg'atiladi.
Santosning qayd etishicha, Lima va Xilbert juftligi yarim aholisi qora tanli bo'lgan Braziliyaning irqiy xilma-xilmaligini to'g'ri ko'rsatib bera olmaydi.
FIFAning qayd etishicha, Lima va Xilbert juftligi ular jahon chempionati saralash bosqichi qurasi va musobaqa rasmiy emblemasining taqdimotidagi boshlovchiligi bilan yaxshi taassurot qoldirgani uchun tanlangan.
Futbol bo'yicha 2014 yilgi jahon chempionati final bosqichi qura tashlash marosimi 6 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Musobaqaning o'zi 2014 yilning 12 iyun – 13 iyul kunlari o'tkaziladi.

Fikrlar