So’nggi yangiliklar

08:10FourFourTwo жаҳоннинг энг яхши дарвозабонлари рейтингини тузди   0 07:38ОФК ЧЛ 2. "Насаф" – "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини эронлик ҳакамлар бошқаради  1 07:25Ла Лига. "Атлетико Мадрид" - "Реал Мадрид" 1:1, "Реал" сўнги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  5 03:09"Пахтакор" "Персеполис"га қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди, "шерлар"да иккита йўқотиш бор  7 02:20Ла Лига. Мадрид учун курашда ғолиб аниқланмади  63 02:17Украина бош мураббийи: "Бразилия ҳақида ўйлаганимиз йўқ"  0 02:01Венесуэла бош мураббийи: "Жанубий Америка мамлакатларига омад тилайман"  1 01:01Камолиддин Тожиев "Персеполис"га қарши ўйин олдидан: "Ўрунов бизнинг академиядан етишиб чиққан. Эртага унга қарши қандай ҳаракат қилишимизни кўриб оласиз"  8 23:39Бруну Фернандеш: "Бу қизил карточка эмас"  7 22:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Тоттенхэм" 0:3, Бруно Фернандеш қизил карточка олди  8 22:40Футзал бўйича ЖЧ 1/4 финал. Бразилия қийинчилик билан ғалаба қозонди, Украина Венесуэлага 9 та гол урди  2 22:27АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Олд Траффорд"да шарманда қилинди  69 22:24Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Фейҳа" ўз уйида ишончли ҳисобда ғалаба қозонди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 21:28"Атлетико" собиқ ҳимоячиси: "Симеоне ўйинчиларга ўз мухлислари олдида "Реал"ни ейишга мотивация беради"  4 21:00Футзал бўйича ЖЧ. 13 та гол урилган ўйинда Украина Венесуэлани мағлуб этиб, ярим финал иштирокчисига айланди  1

Braziliyalik Ronaldo bugungi kunda nimalar bilan band? Yangiliklar

Braziliyalik Ronaldo bugungi kunda nimalar bilan band?

Teglar :  BraziliyaRonaldo
Braziliyalik buyuk hujumchi, oddiy aytganda, jahon futbolidagi bosh so'yloq Ronaldo yaqinda 40 yoshga to'ldi.

Demak, yubiley sana bahonasida uning butsalarini mixga ilganidan buyon nimalar bilan shug'ullangani va shug'ullanayotganiga etibor qaratamiz.

Braziliyada turnirlarni tashkillashga yordam berdi


JCH-2014ga deyarli 3 yil qolgan payt Ronaldo Braziliyada katta futbol forumini o'tkazishga masul tashkiliy qo'mita rahbari sifatida ish boshladi. Biroq bu yumush unga rohat bag'ishlaganini baralla aytish qiyin. Doimo fotograflarning diqqat markazida bo'lish, mundialga qura tashlash marosimida ishtirok etish, behisob intervyular - bularning hammasi yaxshi. Lekin shunisi borki, o'sha vaqtlar Braziliyada muammolar haddan ko'p edi. Albatta, Ronaldo tashkilotchi guruh boshlig'i sifatida zarbalarni o'ziga olishga urindi. Deylik, tayyorgarlik jarayoni reja asosida ketayotgani va barchasi yuqori saviyada tashkil etilishi haqida bayonot berishdan charchamadi. Biroq mundial startiga atigi 3 hafta qolgan vaqtda futbol jamoatchiligi uning tilidan mutlaqo boshqa mazmundagi gaplarni eshitdi: Braziliya o'zini sharmandali holatga qo'ymoqda. Men uchun mamlakatimiz tashqarisidagi odamlar etirozlarini eshitish yoqimsiz. Ha, Braziliyaning shunday ahvolda ko'rinayotgani g'oyat achinarli. Xususan, stadionlarni tayyorlashda shunchalik kechikish - sof uyat. Etiborlisi, shundan 2 yil o'tib, so'yloq endi Rio-2016 yozgi Olimpiada o'yinlari yuziga aylandi. Bu vaqtda sport inshootlari masalasida muaammolar ancha kamaygandi.

Xayriya o'yinlarida ishtirok etdi

Ronaldo va Zayniddin Zidan o'rtasidagi do'stlik hurmatga sazovor. Braziliyalik goleador va franciyalik dirijyorning yo'llari Realda kesishgan va ular 4 yil davomida qoyilmaqom darajada o'ynash barobarida xuddi tug'ishgan aka-ukalardek bo'lib ketishgandi. Mana, faoliyatlari yakuniga etganidan keyin ham do'stlik rishtalarini uzishmadi va vaqti-vaqti bilan xayriya ishlarida faol ishtirok etishmoqda. Deylik, Ronaldu va Zidan hozirgacha bir necha marta xayriya o'yinlari uyushtirishga ulgurishdi. Ular 2011 yilning dekabr oyida o'z do'stlaridan yaxlit jamoa to'plashdi va Gamburg tarixidagi eng kuchli futbolchilar termasiga qarshi maydonga tushishdi. Oradan 1 yil o'tib, Ronaldu va Zidan Portu-Alegrida alohida-alohida jamoalar tarkibida maydonga tushishdi. 2014 yil martda esa yana birgalikda jamoa tuzib, SHveycariyaning Yang Boyz klubini sinovdan o'tkazishdi. Ikki do'st bunday ko'rgazmali o'yinlardan tushgan mablag'ni kambag'allikka qarshi kurash ishlariga yo'naltirishdi, shuningdek, Filippinda tabiiy ofatdan jabrlanganlarga yordam qo'lini cho'zishdi.

Ortiqcha vaznga qarshi kurashdi


- Ronaldo aslida yanada ko'proq yutuqlarga erishishi mumkin edi. U hech kimsaga yomonlik qilmadi, ammo o'ziga... Talab darajasida shug'ullanmaslik va buning ortidan kelgan ortiqcha vazn oqibatida futbolchining mushak hamda bo'g'imlari og'irlikni ko'tara olmadi. Boz ustiga, meyoridan ortiq pivo va diskotekalar ham uning organizmini izdan chiqardi - bu Ronaldo bilan Interda birga ishlagan Mircha Lucheskuning xulosasi. SHuning o'zi so'yloqning sportchi kun tartibiga to'liq rioya qilmaganidan dalolat. Tabiiyki, ortiqcha vazn muammosi so'yloq faoliyatiga nuqta qo'yganidan keyin ham hech qaerga yo'qolib qolmadi. Aynan shu holat buyuk fenomen uchun ulkan bosh og'rig'iga aylandi. CHunonchi, ortiqcha vazn oqibatida eski dardlari o'zini eslata boshladi. Natijada Ronaldoning jismoniy faolligi hattoki, nol darajaga tushib qoldi. U shuningdek, maishatga qattiq berilgandi. Xayriyatki, so'yloq agar hayot tarzini o'zgartirmasa, to'shakka mixlanib qolishi mumkinligini vaqtida tushundi va harakatga tushdi. SHunday qilib, 2012 yili realiti-shouda qatnashgan sobiq hujumchi butun Braziliya tele-auditoriyasiga so'z berdi: Tamom, endi ozish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman. Darhaqiqat, Ronaldu bu vadasiga muvofiq, oz-moz vazn tashladi, biroq harakatlari davomiylik kasb etmadi. Umuman olganda, Ronaldo va ortiqcha kilogrammlar o'rtasidagi kurash hali yakunlangani yo'q. Aytish joiz, buyuk to'purar bu kurashda bazan ustun kelyapti, gohida esa nazoratni yo'qotib, mag'lub bo'lyapti. Xullas, vazn tashlash uning uchun gol urish kabi oson emas...

Neymarning agenti bo'ldi


Ronaldo butsalarini mixga ilgani hamono o'zini foydali biznesga urdi, shuning barobarida sportdan uzoqlashmadi. Xullas, agentlik byurosini tuzgan so'yloq sportchilarning shaxsiy ishlari bilan shug'ullanib, ularga faoliyatlarini rivojlantirish masalasida ko'maklasha boshladi. Bundan tashqari, Braziliya hududida taniqli sportchilar bilan reklama shartnomalarini rasmiylashtirdi. Aytish joiz, u yangi yo'nalishda ilk nishonni bexato urdi - Braziliya futbolining bo'lajak yulduzi Neymar bilan aloqa o'rnatdi. Yani bu futbolchi uning ilk mijoziga aylandi. Aytishlaricha, Neymarning Barselona safiga qo'shilishida aynan JCH-2002 bosh to'purari katta rol o'ynagan. Aslida so'yloq malum vaqt birinchi mijozini Realga o'tishga ko'ndirmoqchi bo'lgan, biroq keyinchalik fikrini o'zgartirib, Barselona varianti amalga oshishiga hissa qo'shgan. Umuman, Ronaldu vaqt o'tgani sayin yana bir qator sportchilarni reklamaga jalb etdi. Xususan, Formula-1 poygachisi Rubens Barrikello, jangchi Anderson Silva va tennischi Rafael Nadal bilan hamkorlik qildi.

Poker stoli atrofiga o'tirdi


Qahramonimiz 2013 yilning aprel oyida sportga qaytdi. To'g'ri, yashil maydon emas, balki kazinoga yo'l oldi. Aniqroq aytsak, Braziliya futboli faxri  PokerStars bilan shartnoma tuzib, o'tmish sport yulduzlari jamoasi safiga qo'shildi va poker o'yinchisi sifatida gavdalandi. Mana, u 3 yildan oshdiki, muntazam internet-poker musobaqalarida qatnashyapti. Qolaversa, poker bo'yicha turnirlarda ham bevosita ko'rinish beryapti. Misol uchun, 2 yilcha oldin Pragada ispan tennischisi Rafael Nadal va Ukraina terma jamoasi sobiq hujumchisi Andrey SHevchenkoga qarshi o'ynadi. Ronaldo va Nadal keyinchalik ham poker stolida o'zaro to'qnash kelishdi - bu safar London kazinosida. Braziliyalik o'sha o'yinda yutqazgan bo'lsada, katta mablag'ni boy bermadi. Qolaversa, yutuq jamg'armasi to'laligicha xayriya ishlariga yo'naltirildi.

Futbol klubi xo'jayinlaridan biriga aylandi


Ronaldo bundan bir yarim yil muqaddam Fort-Loderdeyl Straykers klubi sohiblaridan biriga aylandi. Bu jamoa SHimoliy Amerika futbol ligasi - NASLda ishtirok etadi. Men jamoani shakllantirish ishlarida faol qatnashaman. O'ylaymanki, Straykers akciyalariga etibor qaratsak, klub buning ortidan rivojlanadi va yanada kuchayadi. SHubha yo'q, futbol AQSHda jadal taraqqiy etmoqda, - degandi so'yloq o'sha vaqt. Biroq keyinchalik shunchaki, sarmoya kiritishni kam bildi, chog'i, qo'shimcha reklama uchun futbolchi sifatida maydonga qaytishi xususida vada berdi. Ammo Ronaldu bu so'zini unutdi, shekilli. Harqalay, Fort-Loderdeyl Straykers futbolkasini kiyganicha yo'q.

 A. AHMEDOV tayyorladi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика