Braziliyalik Ronaldo 2002 yilgi soch turmagi uchun barcha onalardan uzr so'radi
30 mar 2021 12:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/628159_original.jpg)
![](/upload/storage/628159_220.jpg)
Braziliyalik Ronaldo 2002 yilgi soch turmagi uchun barcha onalardan uzr so'radi
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo 2002 yil JCHdagi soch turmagi borasida berilgan savolga javob berdi.
"Bu dahshat! Men farzandlari shunday soch turmagi qilishgani uchun barcha onalardan uzr so'rayman.
Men jarohat olgandim va Braziliya mediasi bilan gaplashishni xohlamagandim. SHu sabab shunday soch turmagini qildim. Men jamoadoshlarim oldiga borib so'radim: "Yoqdimi?" Ular javob berishdi: "Yo'q, dahshat! Kesib tashla uni!". Ammo jurnalistlar mening soch turmagimni ko'rishdi va jarohat haqida unutishdi", - deydi Ronaldo.
Eslatib o'tamiz, Ronaldo ayni damda Ispaniyaning "Real Valyadolid" klubi prezidenti va rahbari hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar