So’nggi yangiliklar

14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  0 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  2 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  1 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   14 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  10 09:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА машғулотларига қайтди  3 09:15Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Сити" - "Челси" 4:2, Голларнинг учтасини Ҳолланд "михлади"  1 08:57Суперлига. Бугун «Металлург» «Локомотив»ни меҳмон қилади  7 08:50Ўртоқлик учрашуви. "Реал Мадрид" - "Барселона" 1:2, Арда Гюлернинг голи ҳисобга олинмади  3

Braziliyalik otaxon haqida nimalarni bilamiz FOTO Yangiliklar

Braziliyalik otaxon haqida nimalarni bilamiz FOTO

Jahon Kubogini nusxasini quchoqlab yig'lagan braziliyalik muxlis haqida nimalarni bilamiz.

Germaniya terma jamoasi Braziliya darvozasiga navbatdagi golni urganida telekamera obektivi jahon Kubogi ko'chirmasini quchoqlab yig'layotgan otaxonga tushadi. Bir soat o'tar-o'tmas bu kadr "tvitter" bo'ylab butun dunyoga tarqaladi. Kecha uning vafot etgani undan ham tezkor tarzda dunyoga tarqaldi...

Butun dunyoni yig'latgan otaxon 59 yoshli rieltor va tajribali sayoxatchi Klovis Akosta Fernandes edi. U Braziliya terma jamoasining 155ta uchrashuvini maydondan kuzatgan: Ketma-ket ettita jahon chempionati, oltita Amerika Kubogi, to'rtta konfederaciyalar Kubogi, bitta Olimpiada. Otaxon 60dan ortiq mamlakatlarga tashrif buyurgan. "Kafu Braziliya terma jamoasi safida 142ta o'yinda ishtirok etgan, men esa 150dan ortiq. Men terma jamoamizning 12-futbolchisiman" - deydi Fernandesh.


Hammasi Italiyada o'tgan JCH-1990da boshlangan. Klovis xotinining talabiga rozilik bildirganidan so'ng jahon chempionatiga borishga muvaffaq bo'ladi. Otaxonning ayoli eridan nemis pianinosini xarid qilishni talab qilan. Klovis mundial boshlanishidan oldin Turinga yo'l oladi va o'sha erda picca tayyorlash sirlarini o'rganish uchun ishga kirishni ham rejalashtirib qo'yadi. Otaxonning Braziliyada picceriyasi bo'lar edi va u Italiyaga ketishdan oldin emakxonasini ukasiga topshirib ketadi. "Kafelarga kirganimdan so'ng picca tayyorlashni o'rganmaslikka qaror qildim, chunki men tayyorgalan picca qolganlarnikidan shirinroq edi".


Klovis JCH-1990dan so'ng o'z kafesini ukasiga sotib yuboradi va aynan shundan so'ng uning sayyohatlari boshlanadi. "Men bir vaqtning o'zida ishlashga va sayyohat qilishga ulgurmas edim, shu sababli picceriyani ukamga sotdim" - deydi otaxon.


Klovisning do'stlari doimo ko'p bo'lgan va ular almashishdan to'xtamagan. U do'stlari bilan ijaraga olingan mashinada mamlakat bo'ylab sayohat qilardi: bu chiroyli joylarni ko'rishga, mahalliy aholi bilan yaqindan tanishishga imkon berar edi. Ammo 2002 yilda bo'lgan jahon chempionatida bu ishni qila olmadi. "Yaponiyaga kelganimdan so'ng, sug'urtaga mashina qo'shilmasligini bildim. CHempionatdan so'ng, uyga qaytishdan oldin, mashinamni PlayStationga almashtirdim va uni o'g'limga sovg'a qildim. Aldayotganim yo'q".


Klovis ushbu jahon chempionatida koreyalik ko'ngillilar bilan tanishib qoladi va ular bilan muxlislar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga kelishib olishadi. Bu haqda deyarli barcha gazetalarda yozishdi. "Koreyaliklar doimo it go'shti haqida gapiradi, ammo jahon chempionati bo'layotgani tufayli mamlakat rahbariyati ko'ngilsizliklar kelib chiqmasligi uchun it go'shtini vaqtinchalik taqiqlab qo'yadi. Natijada, koreyaliklar bizni fermaga olib borishadi va bu go'shtdan tatib ko'rdim. To'g'risini aytsam, boshqa bu go'shtni emaslikka qaror qildim".


JCH-2002da Klovis FIFA tomonidan eng yorqin muxlis deb topiladi va turnirning timsollaridan biriga aylanadi. "O'shanda meni barcha taniy boshladi va boshqa mamlakatlarga borish uchun moliyaviy kelishuvlarni amalga oshirish oson bo'ldi".

Klovis 1990 yildagi mundialda o'z cho'ntagidan pul ishlatgan bo'lsa, keyingi sayyohatlar haqiqiy biznes-loyiha edi. Homiylar uning aviachiptasi uchun, xatto yashaydigan mehmonxonasi uchun pul to'lagan. Homiylar otaxonga o'z mashinasi yoki furgonini berib, uning reklamasi uchun mana shu ishlarni amalga oshirar edi. Masalan, 2009 yilda bo'lgan konfederaciyalar Kubogida Braziliyaning Riu-Grandi-du-Sul rahbariyati otaxonga homiylik qilgan. O'shandan so'ng otaxon ushbu viloyat elchisi etib tayinlangan. Hokimiyat esa unga turnirlar uchun mablag' ajratishni davom ettirgan.


Klovis jahon Kubogining ko'chirmasini o'zi borgan deyarli barcha chempionatlarga olib borgan: Dunyo bo'ylab minglab muxlislarda otaxon va kubok bilan tushgan surat bor. "Men uni deyarli hamma erda olib yurar edim. Ko'chirmaning bo'yi xuddi haqiqiysiga o'xshaydi va mendagi kubokni haqiqiysidan ko'ra ko'proq o'pishgan" - deydi otaxon.


Fernandesh o'z kubogi bilan "Marakana"ga borishni rejalashtirgan edi, ammo Germaniyadan uchralgan sharmandali mag'lubiyatdan (1:7) so'ng, u o'z sovrini bilan xayrlashadi. Kubokni germaniyalik muxlisaga sovg'a qiladi. "Buni final uchrashuviga oling! Siz shunga munosibsiz. Tabriklayman" - dedida kubokni o'pib, uni qizchaga berdi.


Boshqa raqib bo'lganida Klovis bu ishni amalga oshirmagan bo'lardi: U Germaniyani juda hurmat qiladi. "2006 yilda Germaniyada o'tgan jahon chempionati tashkilotchilik bo'yicha eng yaxshisi edi. Men mashinada deyarli barcha shaharlarga borganman va hamma joyda insonlar juda xushmuomala edi. JCH-2002ning finali eng zo'ri bo'lgan. 1:7 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, qalbim yaralandi, ammo havotir olmang, nemislar bilan doimo do'st bo'lamiz" - deydi Klovis.


"Mening sayohatlarimga xotirjam qaraydigan ayolim va to'rt farzandimdan minnatdorman. Futbolni sevaman, agar men tribunada vafot etsam, menga tegmang, tribunada qoldiring va men xursand bo'laman. Jiddiy aytadigan bo'lsam, farzandlarim nima qilishni biladi: Hokimning bir qismini "Gremio" stadioniga to'kishsin va yana ozginasini Braziliya terma jamoasining muxim o'yiniga".

Nihoyat so'nggi malumotga etib keldik. 2014 yil O'zbekiston muxlislar klubi etakchisi Abdurahmon Fozilov mundial o'yinlarini tomosha qilish uchun Braziliyaga borganida Klovis Akosta bilan birga suratga tushgan. Bu malumotlar orqali haqiqiy futbol muxlisi qanday bo'lishi kerakligini bilib olish mumkin.



Internet malumotlari asosida Jasur Aslanov tayyorladi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика