Braziliya terma jamoasi futbolchisi Ronaldinoning gaplariga javob qaytardi
16 iyu 2024 11:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/793799_original.jpg)
![](/upload/storage/793799_220.jpg)
Braziliya terma jamoasi futbolchisi Ronaldinoning gaplariga javob qaytardi
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya Ronaldinoning gaplaridan hayratga tushganini malum qildi.
«Uning gaplari menga va boshqalarga kutilmaganda tasir qildi. U doim bizni qo'llab turgan, undan bunday gaplarni qachonlardir eshitamiz deb o'ylamagandik. Ronining bu gaplari ko'pchilikni hayron qoldirdi. Uni kumir sifatida ko'raman. U barchamiz uchun afsona. Uning gaplari musobaqadan oldin bizga qattiq zarba bo'ldi. Men uning gaplariga qo'shilmayman», — dedi Rafinya.
Eslatib o'tamiz, Ronaldino avvalroq endi Braziliya termasini o'yinlarini ko'rmasligini, u erda o'ynayotgan futbolchilarda ishtiyoqni ko'rmayapganini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar