Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite SHveycariya bilan o'yindan so'ng nimalar dedi?
18 iyu 2018 08:02
Yangiliklar
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite SHveycariya bilan o'yindan so'ng nimalar dedi?
“Miranda bilan bo'lgan vaziyatda hammasi tushunarli. Mutlaqo tushunarli, hakamni qarori oqlanmadi. Penalti bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyat esa tortishishga arziydi.Ammo hakamga bosim o'tkazmaslik kerak. Video takrolar tizimi ishlayapti, ko'plab insonlar vaziyatlarni taxlil qilmoqda. Bu qarorni tajribali hakamlar chiqarmoqda. Miranda esa menga kelib “yiqilsam bo'larkan shunda, hakam aniq penalti belgilardi” dedi. Unga “Kerakmas! Bu sho'nng'ish bo'ladi. Nima bo'lsa ham simulyaciya qilma, ahir bu seni burchinga kiradi” dedim. Aksariyat gollarni burchak to'pidan o'tkazib yuboramizmi? Ular futbolchini orqasidan turtib yuborishdi, buni men qoidabuzarlik deb atayman. Raqib jamoa gol urib olgandan keyin, tirishqoqlik bilan o'ynadi. O'ylashimcha, bosim ostida qolgan bo'lsak-da o'yin suratini saqlab turdik. Bu biz uchun yaxshi dars bo'ldi. Albatta, g'alaba qozonishimizni xohlagandim. Natijadan esa qoniqmadim. Bu jahon chempionati unda har kim gol urishni istaydi”, — dedi Tite.
Fikrlar