So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  1 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  1 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  3 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  4 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Braziliya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish qancha turadi? Yangiliklar

Braziliya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish qancha turadi?

Bugun Braziliya terma jamoasi Angliyada inglizlar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

4 kun oldin braziliyaliklar Franciyaning Lill shahrida Yaponiya bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishgan edi. So'nggi besh yil davomida Braziliya terma jamoasi 33ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Ularning 24tasi chet mamlakatlarda o'tkazildi.

Bu o'rtoqlik o'yinlari martda ham davom etadi. Bahor oyida ular avvaliga Rossiya, keyinroq esa Germaniya terma jamoasiga qarshi bahs o'tkazishadi.

Bu darajada ko'p o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishning bir sababi bor. 2013-2014 yillarda Braziliya terma jamoasi mezbon sifatida jahon chempionati saralash o'yinlarida qatnashmadi. So'nggi besh yil ichida Janubiy Amerika jamoasi o'rtoqlik uchrashuvlarida yaxshigina pul ishlab oldi.

2013 yil "Stemford Brij"da o'tgan Rossiya - Brazilya o'rtoqlik uchrashuvini tashkillashtirish uchun 3 mln. dollar sarflangan.

O'yin xatto noqulay joy va noqulay vaqtda o'tkazilsa ham, bunday tijorat maqsadlari hisobga olingan bo'ladi. Yaqinda bo'lib o'tgan Yaponiya va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv vaqtli boshlanishiga sabab bor. Bu o'yin bir necha o'n millionlik Osiyo qitasi futbol ishqibozlari tomosha qilishi uchun mo'ljallangan edi.

Qatarda bo'lib o'tgan Braziliya hamda Argentina terma jamoalari o'rtasidagi bahs uchun 8,6 mln. dollar sarflangani taxmin qilingandi. Keyinroq SHveycariya sudi ushbu o'yin borasida tekshiruv o'tkazgan. Braziliyaliklar bu bahsdan 1,15 mln. dollar daromad ko'rishgan edi.

2010 yilda Tanzaniya futbol federaciyasi Braziliya bilan o'z mamlakatida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun 2,5 mln. dollar to'lagan. Biroq o'sha bahs o'tkazilishi kerak bo'lgan 60 minglik stadionning yarmi to'lgan. O'rtacha olib hisoblaganda, bugungi kunda Braziliya terma jamoasini o'z mamlakatiga taklif qilib, ular bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish 3 mln. funt turadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика