So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  16 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

"Braziliya bilan o'ynash niyatim bor edi. Guruhdan chiqish uchun ko'proq mehnat qilishimiz kerak". Futzalchilarimiz Jahon chempionati qurasi haqida qanday fikrda? Yangiliklar

"Braziliya bilan o'ynash niyatim bor edi. Guruhdan chiqish uchun ko'proq mehnat qilishimiz kerak". Futzalchilarimiz Jahon chempionati qurasi haqida qanday fikrda?

Kecha futzal bo'yicha Litvada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Quraga ko'ra, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi "B" guruhida Rossiya, Misr hamda Gvatemala terma jamoalari bilan bahs olib boradigan bo'ldi. Biz qura natijalari haqida terma jamoamiz futzalchilari Davron CHoriev va Ixtiyor Ropievning fikrlari bilan qiziqdik.

Davron CHoriev -  Jahon chempionatida ikkinchi bor ishtirok etamiz. Bu albatta boshqacha hissiyotlarni beradi. Qura natijasini barchamiz yaxshi qabul qilib oldik. Bunday musobaqada oddiy jamoa bo'lmaydi. Har bir bahsga jiddiy qarashimiz talab qilinadi. Men ko'proq Braziliya bilan o'ynashni istagandim. Maylin nima ham deymiz. Guruhimizdagi raqiblarga kelsak, Rossiya haqida malumotlarga egamiz. 2016 yil Kolumbiyadagi mundialda ular juda yaxshi natija qayd etishgandi. Guruhdan chiqish imkoniyatlarimizni yomon, demagan bo'lardim. Muxlisllarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Ixtiyor Ropiev - Qura tashlash marosimidan oldin Litva, Argentina, CHexiya bilan bir guruhdan joy olishimizni taxmin qilgandim. Yakunda Rossiya, Misr, Gvatemala bizga raqiblik qilishi aniq bo'ldi. Guruhdan chiqishimiz uchun ko'proq mehnat qilishimiz kerak. Imkoniyatimiz bor. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика