So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  13 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  1 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  18 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Branko Ivankovich: ”Nasaf" O'zbekistonning eng kuchli jamoalardan biri” Yangiliklar

Branko Ivankovich: ”Nasaf" O'zbekistonning eng kuchli jamoalardan biri”

“Persepolis” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida mezbon jamoa ustozi Branko Ivankovich va jamoa o'yinchisi Ali Alipur ishtirok etishdi.

Branko Ivankovich: - Mana nihoyat Osiyo chempionlar ligasi bahslariga ham etib keldik. Bu yilgi OCHL bahslari odatdagidan ertaroq boshlanmoqda. Bu musobaqani boshlanishi bilan barchalaringizni tabriklayman. Umid qilamizki, futbol ishqibozlari bizni ertaga “Ozodi”da yaqindan qo'llab-quvvatlashadi va jamoamizning 12-o'yinchisi sifatida bizga yordam berishadi. O'zingiz bilasiz, birinchi o'yin doimo qiyin bo'ladi. Ko'p narsa shu birinchi o'yinga ko'proq bog'lik, dastlabki o'yinda g'alabaga erishish, keyingi o'yinlarni ancha osonlashtiradi. Takror aytaman, birinchi o'yin hamisha og'ir bo'ladi. O'yinda har qanday natija bo'lishi mumkin. 

Biz ertaga kuchli raqiblarimizdan biri bilan o'ynaymiz. Futbolchilarimiz o'yinda diqqatlarini yo'qotmasligi talab etiladi. Biz “Nasaf”ning o'yinlarini ko'rib, tahlil qildik. Jamoa juda yaxshi shaklllangan. Keyingi o'tkazgan besh o'yinining to'rtasida g'alaba qozongan. Ayniqsa, keyingi bo'lib o'tgan “Paxtakor” va “Al-Faysali” bilan bo'lib o'tgan o'yinidan, bu jamoa nimalarga qodirligi bizga ayon bo'ldi. 

“Nasaf”,  O'zbekistonning eng kuchli to'rtta klubidan biri sanaladi. Jamoa safida ko'plab  mamlakat terma jamoasida o'ynaydigan futbolchilar bor. Bundan tashqari legioner futbolchilari ham juda mahoratli sanaladi. Masalan, hamyurtim Dragan CHeran juda kuchli hujumchi, shuningdek Slavko Lukich ham Serbiyaning eng kuchli klubida to'p tepgan o'yinchidir. Bu futbolchilar biz uchun juda xavfli hisoblanishadi. Bir so'z bilan aytganda, biz ertaga kuchli raqibga qarshi maydonga tushamiz.

“Persepolis” futbolchilari ertaga bo'ladigan o'yinga tayyor, hamma sog' salomat. Ertaga o'yin payti yomg'ir yog'ishi kutilmoqda, biz bunday  ob-havoga ham tayyormiz.

Ali Alipur: - Biz o'yinga yaxshi tayyorlandik, ertaga g'alaba uchun o'ynaymiz.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика