So’nggi yangiliklar

02:05"Барселона" "Реал" дарвозасига 5та гол уриб Испания Суперкубогини қўлга киритди  293 01:15Фарҳод Нишонов: "Абдуқодир Ҳусанов ва Файзуллаевлар туфайли бизни барча агентлар кузатиб бормоқда. Улар янги Ҳусановни қидиришмоқда"  0 00:56"Рома" "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 00:32"Ливерпуль" ва "Ньюкасл" Ла Лигадаги ҳимоячига кўз тикмоқда  0 00:10"Наполи" — "Верона". Таркиблар маълум  0 00:02ПСЖ — "Сент-Этьен". Барколя ва Дембеле асосий таркибда  0 00:00А Серия. Довбикнинг 90+8 дақиқада пенальтидан урган голи "Рома"ни "Болонья"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди, Шомуродов захирада қолдирилди  11 23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  2 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  75 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  38 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  17 22:15Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Осасуна"дан устун келиб, 1-ўринга қайтди. Мадридликлар барча мусобақаларда кетма-кет 14-бор ғалаба қозонишди  25 21:37Нойер "Бавария"да қоладими?  0 21:15А Серия. Дармианнинг голи "Интер"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  2

Brain Ring: “SHohruz Norxonov 20ta savoldan 18tasiga to'g'ri javob berib 90 ball jamg'ardi” Yangiliklar

Brain Ring: “SHohruz Norxonov 20ta savoldan 18tasiga to'g'ri javob berib 90 ball jamg'ardi”

Loyihamizning birinchi va ikkinchi sonlarida “Bunyodkor” klubi futbolchilari Akrom Komilov va uning jamoadoshi Sardor Azimov ishtirok etgandi.

“Brain Ring”ning navbatdagi ishtiroksichi “Obod” klubi futbolchisi SHohruz Norxonov bo'ladi.

Jahongir Sotvoldiev: SHohruz loyihamizni boshlashimizdan avval maktab paytlarida qanday baholarga o'qigansiz, qaysi fanlarni yaxshi o'zlashtirgansiz, shular haqida to'xtalib o'tsangiz.
SHohruz Norxonov: Maktab paytlari 4-5 bahoga o'qiganman. U darajada alochi bo'lmaganman (kuladi). Tarix va kimyo fanlariga qiziqardim.

Jahongir Sotvoldiev:  SHohruz men sizni loyihamiz shartlari bilan tanishtirib o'taman. Demak, sizga 20 ta savol beriladi, bulardan 10 tasi futbol haqida, qolgan 10 tasi boshqa soha haqida bo'ladi. Har bir to'g'ri javob uchun 5 ball beriladi. Har bir savol javobini o'ylab olish uchun sizga 30 soniya taqdim etiladi. SHu 30 soniya ichida savolga javob bera olmasangiz u holda savolning javobini o'zim aytishimga to'g'ri keladi. Agarda javob berishga qiylansangiz, sizga 2 ta imkoniyat taqdim etiladi. Imkoniyatlardan biri 50/50, yani bitta savoldan 2 ta noto'g'ri javob olib tashlanadi. Ikkinchisi esa, do'stingizga qo'ng'iroq qilib savolning javobini so'rashingiz mumkin. Siz istalgan vaqtda mana shu imkoniyatlardan foydalansangiz bshhladi. Demak, savollarni berishni boshlaymiz, omad yor bo'lsin. 


Jahongir Sotvoldiev:  O'zbekistonda ilk bor metro nechanchi yilda foydalanishga topshirilgan?
A) 1977  B)  1978   S) 1979  D) 1980
SHohruz Norxonov: Menimcha 1977 yilda bo'lsa kerak.
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.

Jahongir Sotvoldiev: O'zbekiston terma jamoasida ishlagan qaysi murabbiy eng ko'p o'yin o'tkazgan?
A)Rauf Inileev   B) Vadim Abramov  S) Mirjalol Qosimov  D) Ravshan Haydarov
SHohruz Norxonov: Mirjalol Qosimov
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.

Jahongir Sotvoldiev: Zaxiriddin Muhammad Bobur necha yoshida taxtga o'tirgan?
A) 11   B) 12   S) 13   D)  14      
SHohruz Norxonov: 14 yoshida taxtga o'tirgan bo'lishi kerak
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz noto'g'ri. To'g'ri javob esa “V” varianti 12 yoshida.

Jahongir Sotvoldiev: O'zbekiston milliy terma jamoasi qaysi terma jamoa bilan ko'p to'qnash kelgan?
A) Janubiy Koreya  B) BAA    S) Qatar  D) Yaponiya   
SHohruz Norxonov: BAA terma jamoasi bilan
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz.

Jahongir Sotvoldiev: Nima uchun Sohibqiron Amir Temur xaykalida otning bitta old oyog'i ko'tarilgan xolda bunyod etilgan?
A) Jangda xalok bo'lgani uchun     
B) Jangda yaralanib biroz vaqt o'tgandan keyin xalok bo'lgani uchun  
S) O'z vafoti bilan xalok bo'lgani uchun
D) Barcha javoblar to'g'ri   
SHohruz Norxonov: Imkoniyatdan foydalanaman, 50/50.


Jahongir Sotvoldiev: “S” va “D” variantlarini olib tashlayman. Sizda “A” va “V” variantlari qoldi.
SHohruz Norxonov: “V” varianti bo'lsa kerak.
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.   

Jahongir Sotvoldiev:  2005, 2006 yillari Moskvaning “Torpedo” jamoasida qaysi futbolchimiz to'p tepgan?
A) Server Jeparov  B) Aleksandr Geynrix  S) Mirjalol Qosimov  D) Vyacheslav Ponomarev   
SHohruz Norxonov: Aleksandr Geynrix
Jahongir Sotvoldiev:  Javobingiz to'g'ri.

Jahongir Sotvoldiev: Men dunyoni nima qildim, o'zing o'rug' jahonim, o'zim xoqon, o'zim sulton, sen taxti sulaymonim, yolg'izim yagonam deymi, topingan koshonam deymi, o'zing meni ulug'lardan ulug'imsan, vatanim... SHerini qaysi shoirimiz qalamiga mansub?  
A)  Abdulla Oripov  S) Muhammad Yusuf  B) Erkin Vohidov  D) O'tkir Hoshimov   
SHohruz Norxonov: Muhammad Yusuf
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz.

Jahongir Sotvoldiev:  Toshkentning “Paxtakor” jamoasi ilk bor nechanchi yili O'zbekiston chempioni bo'lgan?
A)1991  B) 1992  S) 1993  D) 1994
SHohruz Norxonov: 1992 yilda
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz.     

Jahongir Sotvoldiev: Sohibqiron Amir Temur nechanchi yilda tavallud topgan?
A) 1335   S)1336    B)1337  D) 1338  
SHohruz Norxonov: Buni bilmasam uyat bo'lar, 1336 yilda tavallud topgan.
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz.

Jahongir Sotvoldiev:  Yuriy Vazgenovich Sarkisyan “Neftchi” jamoasini nechanchi yilda qabul qilib olgan edi?
A) 1984  B) 1985  S) 1986  D) 1987
SHohruz Norxonov: 1987 yilda. “Manchester Yunayted” klubi sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson bilan bir vaqtda ishga kelgan
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.     


Jahongir Sotvoldiev: Mashhur “Suyunchi” filmida kim jarima zarbasini amalga oshira olmay maydon chetidagi uyning deraza oynasini sindiradi?
A) Tursunboy   S) Qo'zivoy  B) Abdulla  D) G'aybulla   
SHohruz Norxonov: Qo'zivoy
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz.

Jahongir Sotvoldiev: O'zbekiston milliy terma jamoasi qaysi terma jamoani yirik 15:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan?
A) Qirg'iziston  B) Tojikiston  S) Afg'oniston  D) Mo'g'uliston       
SHohruz Norxonov: Mo'g'uliston
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz.

Jahongir Sotvoldiev:  Barchamiz sevib tomosha qiladigan “Abdullajon” filmi nechanchi yilda suratga olingan?
A) 1989   V) 1990   S) 1991   D)  1992
SHohruz Norxonov: 1991 yil.
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.

Jahongir Sotvoldiev: Nechanchi yili oliy ligada 20 ta jamoa ishtirok etgan?
A) 1999  B) 2000  S) 2001  D) 2002
SHohruz Norxonov: Imkoniyatdan foydalanaman. Murabbiyimiz Jafar aka Irismetovga qo'ng'iroq qilaman. To'g'ri javob 2000 yilda ekan.
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.         


SHohruz Norxonov: “Kung-Fu Panda” multfilmida Jeki CHan qaysi qahramonga ovoz bergan?
A) Pandaga  V) Turnaga   S) Maymunga  D) Ustoz SHifuga    
SHohruz Norxonov: Maymunga
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.

Jahongir Sotvoldiev: Mustaqillikdan so'ng, Oliy ligamizda birinchi to'purar kim bo'lgan?
A) Valeriy Kechinov (Paxtakor S) Rustam Do'rmonov (Neftchi) Farg'ona   
B) Ravshan Bozorov  (Neftchi) Farg'ona  D) Oleg SHackix (Navbahor) Namangan
SHohruz Norxonov: Valeriy Kechinov
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.


Jahongir Sotvoldiev: Samarqanddagi Ulug'bek madrasasi nechanchi yillarda bunyod etilgan?
A) 1414-1416   V) 1417-1420   S) 1420-1423   D) 1425-1428      
SHohruz Norxonov: Tahmin qilaman, “S” varianti bo'lsa kerak.
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz noto'g'ri, to'g'ri javob esa “V” varianti 1417-1420 yillarda.    

Jahongir Sotvoldiev: Oliy ligamizda 2001 yili qaysi jamoa bosh sovrinni qo'lga kiritgan?
A) “Paxtakor”  B) “Navbahor”  S) “Neftchi”  D) “Do'stlik”
SHohruz Norxonov: “Neftchi”
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.

Jahongir Sotvoldiev:  Samarqand shahridagi Registon maydonida nechta madrasa qad rostlagan?
A) 3 ta     S) 5 ta     B) 7 ta  D) 10 ta
SHohruz Norxonov: Buni aniq bilaman, 3 ta. Ulug'bek, Tillakori va SHerdor madrasalari.
Jahongir Sotvoldiev:  To'g'ri javob berdingiz.

Jahongir Sotvoldiev: Rivaldo 2009 yili “Bunyodkor” safida nechta gol urib chempionat to'purar bo'lgan?
A) 17   B) 18   S) 19   D) 20     
SHohruz Norxonov: 19
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz to'g'ri.

SHohruz Norxonov: Juda ham o'ziga hos ajoyib loyihani amalga oshiribsizlar. Maktabda o'qigan damlarim yodimga tushdi. Ayrim savollarga tavakkal qilib bo'lsa ham javob berdim. Braziliyalik futbolchi Rivaldoni ham “Bunyodkor” jamoasida o'ynagan paytlarini yodga oldib o'tdik. Bunday loyihalar yanada ko'p bo'lgani yaxshi. Bilimli futbolchilar yarim himoyada to'p tepishadi deb o'ylayman. Balki loyihaning keyingi soniga “Paxtakor” jamoasidan  Jamshid Iskanderovni chaqirsanglar kerak. Menga “Brain ring” loyihasi yoqdi. Kelgusi sondagi ishtirokchilarga omad tilayman.

Jahongir Sotvoldiev


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика