Braim Dias: "Oldimda uchta variant bor edi"
07 jan 2019 20:10
Yangiliklar
Braim Dias: "Oldimda uchta variant bor edi"
"Real"ning yangi futbolchisi Dias "qirollik klubi"ga o'tgani borasida fikr bildirdi.
"Bolaligimda o'ynashni orzu qilgan klubga o'tmoqdaman. "Manchester Siti"dan ketgan vaqtimda, oldimda uchta variant bor edi: "Real", "Real" va yana "Real", — deya aytib o'tdi 19 yoshli Dias.
Madridliklar ispaniyalik hujumchini 15 million evroga sotib olishdi. Braim Dias o'zi orzu qilgan jamoasida 21-raqamda harakat qiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar