Braim Dias: “Bizga Ibragimovich etishmayapti”
04 dek 2020 08:03
Yangiliklar


Braim Dias: “Bizga Ibragimovich etishmayapti”
“Milan” yarim himoyachisi Evropa Ligasi 5-turida “Seltik”ka qarshi bahsdan (4:2) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Bu shunchaki fantastik jamoa. Bugun bizda omadsiz start bo'ldi, biroq bunga javob berishga erishdik. Golimdan xursandman, ammo hammasidan ham jamoaning g'alabasi va pley-offga chiqish muhim edi. Endi esa buni nishonlashimiz mumkin. O'zimning ishtirokimdan ham qoniqdim. Bizga Ibra etishmayapti. CHunki u ajoyib futbolchi. U har doim ahamiyatga ega bo'lgan. Lekin u bo'lmagan holatlarda ham diqqatimizni bir joyga jamlab, muvaffaqiyatga erishishga harakat qilamiz”, — deydi Dias.
Eslatib o'tamiz, Zlatan jarohat sabab “Seltik”ka qarshi bahsni o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar