"Braga" murabbiylar shtabi Portugaliya Kubogi finaliga chiqqanidan so'ng uyga piyoda qaytishdi
01 may 2015 18:16
Yangiliklar


"Braga" murabbiylar shtabi Portugaliya Kubogi finaliga chiqqanidan so'ng uyga piyoda qaytishdi
"Braga" ustozi Serjiu Konseysau va uning murabbiylar shtabi Porugaliya Kubogi yarim final javob uchrashuvidan so'ng uyga piyoda qaytishdi.
Ular Vila-du-Kondedan Bragagacha bo'lgan 49 km masofani yugurib bosib o'tishdi. Xabarlarga ko'ra, Konseysau o'z jamoasi finalga chiqsa o'z yordamchilari bilan Bragaga piyoda qaytishga vada bergan.
Kecha "Braga" yarim final javob uchrashuvida "Riu Ave" bilan murosa ko'chasini tanladi (1:1, birinchi uchrashuv 3:0) va finalga yo'l oldi. "Braga" finalda "Sporting"ga qarshi kurashadi.

Fikrlar