So’nggi yangiliklar

16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  3 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  0 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  6 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  0 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  3 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10

Bozorga chiqishmoqda: 8 ehtimoliy erkin agent yulduzlar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Bozorga chiqishmoqda: 8 ehtimoliy erkin agent yulduzlar (mutolaa uchun)

Taniqli o'yinchilardan kimlar mavsumlar oralig'ida ish joyini o'zgartirishi mumkin?

Qishki transfer oynasi yopildi, ammo ehtimoliy o'tishlar haqidagi gaplar tingani yo'q. Bu ko'plab o'yinchilar yakunlanayotgan shartnomalari bilan qolgani sababdir, demak ular ehtimoliy erkin agentlar. Karim Benzemaning Madridning "Real" klubida qolishi, Milan SHkrinyarning PSJga o'tishi, Konrad Laymerning esa "Bavariya"ga yo'l olishi malum. Ammo, hammaning vaziyati ham bunday aniq emas. Bugun ehtimoliy sakkiz erkin agent yulduz o'yinchilar haqida gaplashamiz.


Lionel Messi (PSJ)

Agar Messi shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilsa, albatta, eng mashhur erkin agentga aylanadi. Argentinalik uchun hozirda AQSH va Saudiya Arabistonidan klublar kelishmoqda, ammo 35 yoshiga qaramay, unga hali ekzotik variantlarni ko'rishga erta. PSJ ochiqchasiga o'yinchi bilan kelishuvni uzaytirish xohishini malum qildi. Ammo, mish-mishlarga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar cho'zilib ketmoqda va umuman olganda yaxshi ketmayapti. Yakunda nima bo'lishini esa ehtimol bahorning o'rtalariga yaqin ko'rish mumkin.



Ngolo Kante ("CHelsi")

Agar jarohatlar bo'lmaganda, Kantening kelajagi haqida savollar ko'tarilmagan bo'lardi ham. Francuz uzoq vaqt "CHelsi" uchun muhim o'yinchilardan biri bo'ldi. Londonliklar bir necha bor futbolchining sotuvi bo'yicha takliflarni rad etishdi. Ammo, 31 yoshli xavbek so'nggi paytlarda ko'proq jarohat olmoqda. Joriy mavsum uning hisobida APLda faqatgina 2ta o'yin bor, shu sabab tomonlar o'rtasida shartnomani uzaytirish borasida yangiliklar yo'qligi ajablanarli emas. Kantening yozda erkin agentga aylanish ehtimoli yuqori. "Atletiko" va "Barselona" o'yinchi uchun kurashga kirishishga tayyor.



Roberto Firmino ("Liverpul")

"Liverpul"ning katta triosi qulashga yaqinlashmoqda. Avvaliga Sadio Mane "qizillar"ni tark etdi, endilikda esa Firminoning kelajagi katta so'roq ostida. Agent tomonlarning shartnomani uzaytirish borasida muzokara o'tkazayotganini xabar qildi, ammo barchasi shubhali tarzda uzoq davom etmoqda. Mersisaydliklarning xavfsirashi tushunarli, sababi braziliyalik 31 yoshda va uning o'rniga yoshroq forvard bilan shartnoma imzolash fikri bo'lishi mumkin. SHu bilan birga Firminoga A Seriyadan katta qiziqish bor, o'yinchi esa u erda aniq ko'p narsalarni ko'rsatishi mumkin. Futbolchining maqsadi hozircha "Liverpul"da faoliyatini davom ettirish, ammo uning hozirgi klubidagi kelajagi tuman ichida qolmoqda.



Ilkay Gyundogan ("Manchester Siti")

"Manchester Siti"ning Gyundogan bilan haligacha shartnomani uzaytirmagani ancha g'alati. Germaniyalik o'yinchida joriy mavsumdan ham ko'ra samaradorroq mavsumlar ham bo'lgan, ammo u baribir "shaharliklar" uchun muhim o'yinchi bo'lib qolmoqda. SHunga qaramay, tomonlarning yangi kelishuv imzolashga yaqinlashayotgani haqida yangiliklar yo'q. Futbolchining o'zi yaqinda uning kelajagi hozirgi paytda nomalumligini tasdiqladi. Ko'plab OAV xabariga ko'ra, 32 yoshli xavbekka "Barselona" qiziqmoqda. Agar "Manchester Siti" jamoa sardorini qo'yib yuborishga qaror qilsa, yozga kelib davogarlar ko'payish ehtimoli katta.



Marko Asensio ("Real")

Asensio bilan vaziyat o'tgan mavsumdan beri nomalumligicha qolmoqda. Yangiliklarga ko'ra, ispanni bir sotishayotgan, bir qoldirishayotgan, bir yangi shartnoma taklif qilayotgan bo'lishadi. So'nggi malumotga ko'ra, "Real" haqiqatdan ham o'yinchi bilan yangi kelishuv imzolashga tayyor, ammo tomonlar moliyaviy masalalarni hal qila olishmayapti. SHu paytda 27 yoshli vinger bilan turli klublar bog'lanmoqda, jumladan PSJ, "Arsenal", "Nyukasl" va hatto "Barselona". Oxirgi variantning ehtimoli kam, ammo yozda hamma narsa bo'lishi mumkin.



David de Xea ("Manchester Yunayted")

De Xeaning kelajagi uning necha marta MYUni qutqargani va qutqarishda davom etayotganiga qaramay hal qilinmagani g'alati. 32 yoshli darvozabon yaqinda klub bilan shartnomani uzaytirish xohishini malum qildi, u hatto Manchesterda faoliyatini yakunlashga ham qarshi emas. Mankunianlarning nimani kutayotgani tushunarsiz. MYUning Din Xendersonni birinchi o'ringa qo'yishga qaror qilishini taxmin qilish mumkin edi, ammo bu uning necha martalab ijaraga yo'l olganini hisobga olganda ehtimoli kam narsa. "Yunayted" tarbiyalanuvchisi shuningdek hozirda ijarada "Nottingem Forest"da ishtirok etmoqda. De Xeaning shartnomasi borasidagi savol klub uchun ham, o'zi uchun ham ochiq qolmoqda.



Anxel Di Mariya ("Yuventus")

Di Mariya bir necha "Rosario Sentral"ga qaytish xohishini bildirdi, u o'sha erda faoliyatini yakunlashi ham mumkin. SHu bilan birga, argentinalikning qachon o'zining jonajon klubiga qaytishni rejalashtirayotgani nomalum. 35 yoshli vingerning Evropada yana bir necha yil qolish ehtimoli bor, ammo uning "Yuventus"dagi kelajagi borasidagi savol ochiq turibdi. Ko'p narsa joriy mavsum so'nggida "byankoneri"ning qaerda bo'lishiga bog'liq. Ochkolar olinishi klub va o'yinchilarga jiddiy zarba bo'ldi. A Seriya turnir jadvalining o'rtalaridagi o'rin uchun kurash faoliyatining yakunida jahon chempioniga motivaciya bermaydi.



Luka Modrich ("Real")

"Qariyalar" bilan shartnomani 1 yilga uzaytirish – "Real" uchun odatiy hol. Ammo, "qaymoqranglar"ning 37 yoshli xavbekni saqlab qolish uchun yonayotganlari eshitilmayapti, garchi futbolchining o'zi "qirollik klubi"da qolishga umid qilayotgan va Saudiya Arabistonidan yaxshi taklifni bekor qilganiga qaramay. Yosh o'tishi bilan xorvatning optimal formaga kirib olishi qiyinlashadi, shu sabab ispanlarning bu masalada shoshilmayotganlarini tushunsa bo'ladi. Bundan tashqari, Modrichning "Real"da qolishi ko'plab faktorlarga, masalan, klubning yosh yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash yoki imzolamasligiga bog'liq. Ammo, jahon vice-chempionini hisobdan chiqarish ham yaramaydi. U allaqachon bir necha bor muhim bahslarda jamoaga ajoyib darajada yordam bera olishini ko'rsatdi.



Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика