Boyqul Eshonqulov - "Oq-tepa"ga qarshi bahs haqida: "Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik"
21 iyu 2021 23:33
Yangiliklar
Boyqul Eshonqulov - "Oq-tepa"ga qarshi bahs haqida: "Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik"
Pro-liganing 12-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Oq-tepa" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar vakili Boyqul Eshonqulov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- "Oq-tepa"ga qarshi o'yinda yigitlarimiz yaxshi o'yin namoyish etishdi. Bugungi o'yinda futbolchilarimiz g'alabaga ishongan xolda maydonga chiqishdi va astoydil harakat qilishdi. "Oq-tepa" ham yomon o'ynagani yo'q, lekin bizning jamoamiz ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'yin ko'rsatishdi deb o'ylayman.
Navbatdagi turda "Buxoro" bilan o'ynaymiz? Albatta Azamat Abduraimov bilan ushbu jamoaning o'yinlarini ko'rib chiqib tahlil qilayapmiz. "Buxoro"ga qarshi o'yinda ham g'alabaga erishishga harakat qilamiz - deydi Boyqul Eshonqulov.
Fikrlar