So’nggi yangiliklar

12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  0 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  2 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10

Boyan Miladinovich "Paxtakor"dan ketdimi? Yangiliklar

Boyan Miladinovich "Paxtakor"dan ketdimi?

Bir necha yildan beri "Paxtakor" sharafini himoya qilib kelayotgan va deyarli o'zbekka aylanib ulgurgan Boyan Miladinovich ayni paytda sherlar bilan birga emas.
Malumotlarga ko'ra, futbolchi Toshkentga qaytib kelmasligi mumkin ekan. Avvalgi suhbatlarimizda serbiyalik himoyachi Toshkent uning o'zi va eng muhimi, oilasiga har tomonlama maqul kelganligi va futbolchilik faoliyatini ham shu erda tugatishga qarshi emasligini aytgandi. Xatto imkoniyati bo'lsa, O'zbekiston milliy terma jamoasi libosini kiyishga ham tayyorligini malum qilgandi. Boyanning "Paxtakor"da qolish yoki ketishi haqida so'rab murojaat qilganimizda, klub matbuot xizmati hali bu borada aniq malumot yo'qligi, Turkiya yig'iniga boradigan tarkib tasdiqlanganidan keyingina rasmiy malumot berilishini aytishdi. Boshqa tomondan, "Paxtakor" himoya chizig'ida raqobat kuchayib boryapti. Ayniqsa, Egor Krimec va Kamoliddin Tojievning Xitoy chempionatidan qaytib kelishi bu raqobatni yanada kuchaytirdi. Ayni paytda Krimec va Tojievdan tashqari, markaziy himoyada Akbar Ismatullaev, Vladimir Kozak, Ibrohim Abdullaev, Jamshid Boltaboev, Muhsin Ubaydullaev, qanotlarda esa Davron Hoshimov, Murod Xolmuhamedov, Aleksandr Merzlyakov kabi futbolchilarni ko'rsatishimiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, Miladinovich jarohati sabab bir yarim yil davomida maydonga tusha olmagan, faqat o'tgan mavsumning so'nggi turlaridagina safga qaytgandi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика