So’nggi yangiliklar

20:35Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  3 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  3 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  10 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2

Boyan Miladinovich: "Olmaliq" bizni ochiqchasiga engdi" Yangiliklar

Boyan Miladinovich: "Olmaliq" bizni ochiqchasiga engdi"

Serbiyalik himoyachi "Paxtakor"ning oxirgi paytlardagi o'yinlari haqida savollarga javob qaytardi.
- "Nasaf" bilan Qarshida o'tgan O'zbekiston Kubogi bahsida jamoa mag'lubiyatga uchradi. Buning asosiy sababi nimada bo'ldi?
- Har bir jamoada muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsizlik bo'ladigan qisqa davr bo'ladi. Menimcha, biz oxirgi bir necha kun ichida buning ikkinchisiga tushib qoldik. O'sha kuni o'yinimiz unchalik yaxshi chiqmadi. Buni tan olaman. Lekin mezbonlarni ham yaxshi o'ynashdi deb ayta olmayman. Ularning penaltidan gol urgan vaziyatlaridan boshqa keskin holatlarini eslay olmayapman. Balki, natija muhim bo'lgani uchun har ikki jamoa ehtiyotkorroq tarzda o'ynagandir. Afsuslanarli tarafi shundaki, mavsumda sovrinsiz qolib ketadigan bo'ldik. Yosh, o'sib kelayotgan futbolchilar tarkibimizda ko'p. Ular sovrinlarga ega chiqishni istashadi. Aynan shu eng achinarli holat. Yani, qaysidir turnirdagi g'alaba ularning ishtiyoqini yanada ko'tarib yuborardi. Qolaversa, CHempionlar ligasida ishtirok etishimiz katta so'roq ostida qoldi. Lekin hali mavsum yakunigacha yana 9 uchrashuv bor. Bu vaqt ichida biz barcha o'yinlarga g'alaba bilan yakunlab, o'zimizdan yuqorida ketayotgan jamoalarga etib olishga urinamiz. Tarkibimizdagi mahoratli yoshlar esa keyingi mavsumda yanada o'sishga erishib, sovrinlarga ega chiqishimizda yordam berishlariga ishonaman.

- Ushbu mavsumda jamoa ko'p bor imkoniyatni boy berdi. Buni qanday izohlay olasiz?
- Tarkib bo'yicha muammolar bilan. CHunki asosiy tarkibda o'ynab yurgan kamida 3 nafar futbolchi yoshlar termasi safida jahon chempionatida ishtirok etdi. Birinchi davra oxiridagi omadsizliklarni shu bilan izohlayman. Agar taqqoslasak, o'tgan mavsumga nisbatan tarkibda katta o'zgarishlar bo'lmadi. Bazida ming harakat qilganimiz bilan o'yinimiz yaxshi ko'rinish olmadi.

- "Bunyodkor"ni chiroyli o'yin bilan mag'lubiyatga uchratgan jamoa keyin birdaniga ikki bellashuvda salbiy tomonga o'zgardi. Nima yuz berdi?
- O'yinimiz chiqmadi. Bunyodkor bilan bellashuvdan keyin jamoada kayfiyat yuqori edi. SHu bilan birga endi qolgan raqiblarni bemalol dog'da qoldiramiz degan o'y barchamizni tark etmadi. Oxir-oqibat buning uchun jazolandik. "Olmaliq" bilan Toshkentda juda yomon harakat qildik. Raqib 10 futbolchi bo'lib qolganda ham o'yinimiz qovushmadi. Qarshida esa mag'lubiyatlarga turli jihatlar sabab bo'ldi. U erda hech bir jamoa yorqin o'yin namoyish etmadi.

- Qarshida ikkinchi penalti belgilangan vaziyatda Ermatovga etiroz bildirib, juda asabiylashib ketdingiz. Nima uchun?
- O'sha vaziyatni men jarima maydoni ichida yuz bergan holatni 100 foiz oydinlashtirib beradigan kameraning takrori orqali ko'rishni istardim. CHunki raqib hujumchisiga nisbatan umuman qo'pollik ishlatganim yo'q. Men to'pga harakat qildim va unga tegdim. SHu sababli asabiylashib ketdim. Aks holda, barchasini tan olgan bo'lardim. O'sha zahoti Ermatovning yoniga borib, uning qarori noto'g'ri ekanligini takidladim va unga takroriy lavhalarni ko'rishi zarurligini aytdim. Afsuski, bizning darvozamiz tomon ikkinchi penalti belgilandi va jamoadoshlarim maydonda kam bo'lib qolishdi. Agar qo'pollik qilgan bo'lganimda hakam bilan tortishib, bunday asabiylashib ketmasdim. Lobanovga sariq kartochka ko'rsatilgan vaziyat haqida ham shunday deya olaman. Sasha raqib hujumchisiga umuman tekkani yo'q. "Nasaf" futbolchisi kutilmaganda erga quladi va Lobanovga sariq kartochka ko'rsatildi. Men o'sha kuni hakamlar "Paxtakor"ga qarshi ishlashdi deb aytmoqchi emasman. SHunchaki ularning xato bo'lgan qarorlari haqida aytib o'tyapman xolos.

- Bu yilgi mavsumda hakamlarning ishi qanday taassurot qoldiryapti?
- O'zbekistonda yaxshi hakamlar ko'p. Lekin bazida xatoga yo'l qo'yish holatlari uchrab turibdi. Boshqa tarafdan futbolda barcha xato qiladi. Hech kim bundan kafotlatlanmagan. Bir qator referilar xalqaro uchrashuvlarni juda yaxshi boshqarib borayotgani esa o'zbek futboli uchun katta yutuq.

- Bu mavsum "Paxtakor"ga qarshi eng yaxshi o'ynagan jamoa sifatida qaysi klubni ko'rsatib o'tasiz?
- "Olmaliq"ni. Ular Toshkentda shunday harakat qilishdiki, o'sha kungi mag'lubiyat xususida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Ular bizni ochiqchasiga engishdi. Men jamoamni har taraflama dog'da qoldirgan jamoalarni hamisha tan olaman. Ikkinchi bo'limning katta qismini kamchilikda o'tkazishdi, lekin bizga baribir imkoniyat berishmadi.

- Hozir o'zingiz namoyish qilayotgan o'yindan qoniqyapsizmi?
- Yo'q. CHunki 1,5-2 yil rasmiy o'yinda harakat qilmasdan, avvalgidek ko'p yuklamaga ega bo'lmasdan birdaniga yuqori saviyada o'ynab ketish mushkul ish. Hozir avvalgi formamning 60 foizichalik imkoniyatga egaman. Bundan keyingi mashg'ulotlar va uchrashuvlarda holatimni o'stirib borishga urinaman. Yugurishga urinsam, oyoqlarim buni bajarishni istamagandek tuyulyapti. Bu borada qishqi yig'in ham katta ahamiyatga ega bo'ladi. Nasib qilsa, kelasi mavsum boshida yana avvalgidek harakat qilaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика