So’nggi yangiliklar

14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  0 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  0 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  0 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  3 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  10 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1 10:56Ди Мария таҳдидлар туфайли ватанига қайтмайди  1 10:27ПСЖ «Ман Сити»га расмий таклиф юборди  1 10:01«Ньюкасл» 60 миллион фунтга ҳимоячи сотиб олади  2 09:32Дамир Темиров: «Андижон» варианти пайдо бўлганида хурсандчилик билан таклифни қабул қилдим»  3 09:00Про лига. Бугун иккинчи давра баҳсларига старт берилади  0 08:31«Барселона» футболчисини «Жирона»га ижарага берди  0 08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  9 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  7

Boyan Miladinovich: Babayan bilan gaplashdim, u juda xafa edi... Yangiliklar

Boyan Miladinovich: Babayan bilan gaplashdim, u juda xafa edi...

O'zbekistonlik futbol muxlislari, ayniqsa, Paxtakor ishqibozlari Boyan Miladinovichni juda yaxshi bilishadi.

Serbiyalik legioner bir necha yil davomida «Paxtakor» sharafini himoya qilib, «sherlar» tarkibida ikki martadan mamlakat chempioni hamda O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan.

O'z vaqtida bu markaziy himoyachiga O'zbekiston fuqaroligi ham taklif etilgandi. Lekin FIFA talablariga ko'ra, uning milliy terma jamoamizdagi debyuti amalga oshmay qolgandi.

Hozirda Boyan Serbiya chemponatiga qaytib, o'zining ilk klubi «Napredak» sharafini himoya qilyapti. Undan avval esa Malayziya chempionatida ham faoliyat yuritgandi. Biz Miladinovich bilan bog'lanib, undan intervyu oldik.

- Boyan, bugungi kunda nimalar bilan bandsiz? Butsalaringizni hali mixga ilmadingizmi?

- Yo'q, futbolchilik faoliyatim davom etmoqda. Hozirda Serbiya chempionati ishtirokchisi hisoblangan Krushevacning «Napredak» klubida o'ynayapman. Aynan ushbu jamoa tarkibida professional futboldagi faoliyatim boshlangandi.

Bir oycha avval «Napredak» bilan amaldagi shartnomamni yana bir yilga uzaytirdim. O'ylashimcha, bu mavsum futbolchilik faoliyatimdagi so'nggisi bo'ladi. SHundan so'ng butsalarimni mixga ilaman.

- Hali charchoq alomatlari sezilmayaptimi? Har holda Evropa Osiyo emas. Sizlarda futbolni maydonda yurib o'ynash mumkin emas, to'g'rimi?

- Hozircha o'zimni tetik his qilyapman. To'p tepish uchun xohish, ishtiyoq bor. Menimcha, bu futbolchilik faoliyatimni davom ettirishim uchun eng muhim omil. Haqiqatan ham, Evropada mening yoshimda 90 daqiqa bir maromda o'ynash mushkul. Osiyoda o'yin payti nafas rostlab olish uchun imkoniyat bo'ladi. Lekin so'nggi paytlarda «sariq qita»da ham futbol saviyasi oshmoqda.

Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi kuchli chempionatlarda futbol ancha o'sgan. Sanab o'tgan mamlakat klublari o'z tarkiblarni ko'zga ko'ringan legionerlar hisobiga kuchaytirib olishyapti.

- Jamoangiz oldiga chempionatda qanday vazifa qo'yilyapti?

- «Napredak» klubiga Milorad Kosanovich murabbiylik qilyapti. 65 yoshli mutaxassis juda tajribali. Darvoqe, u avval Xitoyda ham ishlagan. CHin yurtida uch marotaba mamlakat chempioni bo'lgan. SHu natijalarning o'zi Miloradning qanday murabbiy ekanidan dalolat berib turibdi.

Jamoamizning vazifasi o'zgarmagan. Xuddi o'tgan mavsumda bo'lgani kabi bu safar ham kuchli to'rtlikdan joy olish uchun kurashamiz. SHu orqali Evropa Ligasining kvalifikaciya bahslarida qatnashish huquqini qo'lga kiritmoqchimiz. Jamoamizda yosh futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi.

To'rt-besh nafar tajribali futbolchi bor, xolos. Qolganlarning bari yosh iqtidor sohiblari. Klub prezidenti asosiy etiborni yoshlarga qaratadi va ularning eng istedodlilarini xorij klublariga transfer qiladi.

- Bir necha yillik tanaffusdan so'ng Serbiyaga qaytdingiz. O'tgan vaqt mobaynida mamlakat futbolida qanday o'zgarishlar ro'y beribdi?

- Etti yil Serbiyadan tashqarida o'ynadim. Bir narsani aniq ayta olaman, so'nggi yillarda Serbiya futbolida o'sish ko'zga tashlanyapti. Buni boshqa xorijlik mutaxassislar ham etirof etishmoqda.

Futbol klublarining infratuzilmasi, stadionlarning holati ancha yaxshilangan. Har bir arenaning yoritish tizimi talab darajasiga keltirilgan va tungi vaqtda ham bemalol o'yinlarni o'tkazish mumkin bo'ladi. Xalqaro uchrashuvlarni yuqori darajada tashkil etish yo'lga qo'yilgan.

- Qanday muammolar bor?

- Eng katta muammolardan biri bu - mablag'! Klublarda pul etishmasligi mana bir necha yildirki, saqlanib qolmoqda. Istedodli futbolchilar bir-ikki yil o'ynaganidan so'ng klub rahbarlari ularni arzimagan mablag' evaziga sotib yuborishyapti.

Vaholanki, o'sha yosh istedodlar yana 2-3 yil o'ynasa, nomdor klublarga ko'proq pul evaziga transfer qilinishi mumkin. Buning natijasida Serbiya chempionati yanada kuchayardi.

- To'g'riku-ya, lekin boshqa tomondan istedodlarni ushlab turish natijasida vaqt boy berilishi mumkin. Qobiliyat, istedod yo'qolib qolishi ehtimoli yo'q emas. Bu borada fikringiz qanday?

- Ha, bu fikrga qo'shilaman. Lekin aynan pul tanqisligi sababli ham klub rahbarlari futbolchilarni sotib yuborishga majbur bo'lishmoqda. Agar mablag' tomonidan muammo bo'lmaganida, istedodli yoshlar ketib qolishmasdi.

Eng achinarlisi, ketayotgan futbolchilarning hammasi ham xorij klublarida o'z o'rnini topib ketayotgani yo'q. Turli sabablar bilan bir-ikki yildan so'ng uyga qaytishga majbur bo'lishmoqda. Ana shu boy berilgan yillar esa mamlakat futbolining umumiy o'sishiga to'sqinlik qilyapti.

- Mavsum so'ngida futbolchilik faoliyatim yakunlanadi, dedingiz. Ortga nazar tashlab, faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi? Yoki ko'prog'ini kutganmidingiz?

- Juda mamnunman. Bazida o'ylab qolaman, yanada yaxshiroq natijalarga erishishim mumkin edi-ku, deb. Ammo hammasini taroziga qo'yganimdan keyin baribir, faoliyatimda ijobiy yutuqlar ko'p ekani oydinlashadi. Uch marotaba Serbiya chempionligini nishonladim.

Yana shuncha marta mamlakat kubogi sohibiga aylandim. «Paxtakor» safida ikki bor O'zbekiston chempioni va shuncha marta kubok egasi bo'ldim. 2004 yili Serbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Evropa chempionatining kumush medallarini qo'lga kiritganman. Ana shu yutuqlar faoliyatimning yorqin lahzalarini ifodalaydi.

- Futbolchilik faoliyatingiz yakunlanganidan so'ng nima bilan shug'ullanishingizni aniqlab oldingizmi yoki bu haqda o'ylash uchun hali vaqt bo'lmadimi?

- Yaqinda «B» murabbiylik licenziyasini qo'lga kiritdim. SHu yili «A» toifasi uchun kurslarda tahsil olaman. Ikki yildan keyin esa «PRO» licenziyasi uchun o'qishni rejalashtirganman.

Har qanday holatda ham futbolda qolaman. «Napredak» klubi prezidenti sport direktori lavozimiga ishga taklif qildi, shu haqda ham o'ylab ko'raman. Qolaversa, futbol agenti sifatidagi faoliyatim ham boshlandi.

Aniqrog'i, sakkiz yil avval bu faoliyatim bo'yicha Malayziyaga sakkiz nafar futbolchini jo'natdim. SHu yilning dekabr oyida esa yana ikki futbolchi ushbu mamlakat klublari safiga borib qo'shiladi.

- FIFA yoki UEFAdan agentlik licenziyasini oldingizmi?

- Yo'q. Hozir bu narsa unchalik ham muhim emas ekan.

- Serbiyalik futbolchilarning narxi qancha? Masalan, Malayziya yoki O'zbekiston chempionatiga serbiyaliklar qancha maosh evaziga kelishlari mumkin?

- Ochig'i, O'zbekiston klublari misolida bu summa qancha ko'rinishda bo'lishini bilmayman. Barchasi jamoalarning moliyaviy holatidan kelib chiqadi. Malayziyada 10 000 AQSH dollari miqdorida maosh olishadi. Balki undan ham ko'proq bo'lishi mumkin.

Bu ko'p jihatdan legionerning saviyasiga bog'liq. Xorijlik futbolchi o'z nomiga yarasha saviya jihatidan mahalliy o'yinchilardan ustun bo'lishi shart.

- Hozirda O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan serbiyalik futbolchilardan kimlarni bilasiz?

- «So'g'diyona»da Simonovich, «Qo'qon-1912»da Gojkovich, AGMKda Trifunovich va Jokich, «Navbahor»da Stanoevich, «Lokomotiv»da Yelich, «Paxtakor» tarkibida esa Simich bor. Lekin ularning hammasi bilan ham shaxsan tanish emasman.

- Siz uchun qadrli bo'lgan «Paxtakor» jamoasi ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib boryapsizmi?

- Albatta. Oxirgi ko'rgan o'yinim «Paxtakor»ning «Lokomotiv»ga qarshi kechgan uchrashuvi bo'ldi. Bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Lekin shu kuni «Paxtakor» g'alabaga haqliroq va yaqinroq edi. So'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol jamoani yutuqdan mahrum qildi.

- «Paxtakor» bosh murabbiyi SHota Arveladze bilan shaxsan tanishmisiz?

- Yo'q. Lekin o'ylaymanki, bu mutaxassis bilan yaqin vaqt ichida tanishib olaman. SHota juda yaxshi futbolchi bo'lgan. Murabbiy sifatida ham yomon ishlamayapti. Bu «Paxtakor» ko'rsatayotgan o'yinlarda ham ko'zga tashlanib qolyapti. Ishonchim komilki, Arveladze «Paxtakor»ning avvalgi shonli davrlarini qaytara oladi. Bu yil jamoa chempion bo'lishi kerak. 

- Mavzuni biroz o'zgartiramiz. Rossiyada o'tgan mundialda Serbiya termasi ham qatnashdi. Vataningiz jamoasining ishtiroki haqida qanday fikrdasiz?

- Serbiya termasining JCH-2018ga yo'llanma olishining o'zi mamlakatimiz ahli uchun katta bayram bo'lgandi. Futbolchilarimiz mundialning saralash bahslarida chiroyli va mazmunli o'yin namoyish etishdi. Natija bundan ham yaxshi bo'lishi mumkin edi. Lekin hamisha ham siz o'ylagan narsalar bo'lavermas ekan.

Jahon chempionati shuni ko'rsatdiki, hozir hamma jamoalar o'ynashni o'rganib olishgan. Himoyada mustahkam to'p surish orqali dunyo futboliga kutilmagan natijalarni tuhfa etayotgan termalar ko'paygan. Italiya, Gollandiya, Turkiya hatto saralashdan ham o'ta olishmadi.

Yaqingacha men nomlarini sanab o'tgan jamoalar mundialda ishtirok etmaydi, desa hech kim ishonmasdi. SHularni inobatga olib, Serbiya termasining Rossiya yashil maydonlaridagi o'yini va ko'rsatgan natijasini ijobiy baholayman.

- Umuman olganda-chi, JCH-2018 sizga yoqdimi?

- Albatta, juda yoqdi. Birinchi navbatda, musobaqa tashkilotchiligi alo darajada bo'ldi. JCH-2018 o'yinlari o'tkazilgan stadionlar va uning atrofidagi muhit shunchaki super edi.

Ishtirokchi jamoalar ham ajoyib futbol namoyish etishdi. Bir so'z bilan aytganda, Rossiyadagi jahon chempionati men tomosha qilgan mundiallar orasidagi eng yaxshisidir. Bu fikrni juda ko'pchilikdan eshitdim.

- Serbiya terma jamoasidan tashqari yana kimga muxlislik qildingiz?

- Rossiya va Franciya jamoalariga. O'ylashimcha, eng yaxshi o'ynagan terma aynan Franciya bo'ldi. Faranglar haqli ravishda jahon chempionligini qo'lga kiritishdi.

- Adashmasam, bir paytlari sizga O'zbekiston fuqaroligini ham taklif qilishgandi, to'g'rimi?

- Xuddi shunday. 2009 va 2010 yillarda ikki bor menga O'zbekiston fuqaroligini taklif qilishgan va shu yo'l bilan menda terma jamoa sharafini himoya qilish imkoniyati tug'ilgandi.

- Bu taklifga rozi bo'lmaganmidingiz?

- Nega endi? Rozi bo'lganman. Lekin o'sha payt FIFAning o'ziga yarasha qatiy talablari bor edi. Buning uchun O'zbekiston chempionatida kamida 5 yil o'ynagan bo'lishim talab etilgandi.

SHundagina menga O'zbekiston pasporti berilib, terma jamoa libosida maydonga tushishimga ruxsat etilardi. Afsuski, bu amalga oshmay qolgandi. To'g'risini aytaman, o'shanda rosa achingandim.

- Balki vaqti kelib O'zbekiston klublari yoki milliy termada murabbiy sifatida ishlash nasib qilar?

- Xudo xohlasa. Agar bu ish amalga oshsa, bundan o'zimda yo'q xursand bo'lardim.

- Farzandlaringiz ham futbol o'ynashyaptimi?

- Ha, o'ynashyapti. Ular ham futbolni tanlashgan. To'ng'ich farzandim 5 yildan beri futbolda. Kichigi esa hozir olti yarim yoshda va bir yildan buyon u ham mashg'ulotlarda millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganyapti.

- O'z vaqtida Malayziya chempionatida ham o'ynadingiz. Saviyasi siz uchun pastlik qilmadimi?

- O'zbekiston chempionati Malayziyanikidan ancha kuchli. Lekin menga Malayziya, xususan, Kuala-Lumpur juda ham yoqdi.

- Samvel Babayan bilan gaplashib turibsizmi?

- So'nggi bor 2-3 oy oldin suhbatlashgandik. O'shanda Latviya chempionatida bosh murabbiy sifatida ish boshlagandi. U terma jamoa haqida kuyunib gapirgandi. Juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgani va qandaydir omadsizlik tufayli mundialdan chetda qolib ketilganini aytgandi. JCH-2018 tarixga aylandi. Endi yaxshi niyatlar bilan navbatdagi jahon chempionati haqida o'ylash kerak. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib olish lozim.

Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: -54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика