So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Botirali Ergashev - "Nasaf" bilan o'yin, Eshbo'taevning xatosi, samarqandlik muxlislarga tilagi haqida Yangiliklar

Botirali Ergashev - "Nasaf" bilan o'yin, Eshbo'taevning xatosi, samarqandlik muxlislarga tilagi haqida

Superligaga qaytgan Samarqandning "Dinamo" klubi mavsumni o'z maydonida "Nasaf"ga qarshi o'yin bilan boshladi.

Mazkur uchrashuvning ikkinchi bo'limida mezbonlar safida Botirali Ergashev maydonga tushdi. "Paxtakor" klubi tomonidan ijraga berilgan darvozabon bilan ilk o'yin borasida suhbatlashdik.

- Superliganing 1-turida "Nasaf" bilan 1:1 hisobida durang qayd etildi. O'sha o'yin haqida nimalar deya olasiz?

- "Nasaf" bilan o'yinda menimcha biroz hayajon bo'ldi. Birinchi taymda hayajonni engib o'tdik va ikkinchi taymda o'yinimiz yaxshi chiqdi.

- Birinchi taymda Eshbo'taev kutilmagan gol o'tkazib yubordi. Darvozabon sifatida o'sha vaziyatga izoh bersangiz.

- Etiborsizlik oqibatida gol qo'yib yubordik deb o'ylayman. SHohruh Eshbo'taev mening jamoadoshim, hamkasbim. U xatoni men ham qilishim mumkin edi. SHohruhni qo'llab-quvvatlayman. O'sha vaziyatda raqiblar jarima to'pini tez amalga oshirishdi va uzoqdan zarba berildi. Jarima maydoni ichida futbolchi juda ko'p edi va to'p qaerdan kelayotganini SHohruh ko'rmay qolgan bo'lishi mumkin.



- Adashmasam "Dinamo"ga juda kech qo'shildingiz...

- "Dinamo"ga "Nasaf" bilan o'yinga ikki kun qolganida kelib qo'shildim. SHu bois birnchi turda asosiy tarkibda maydonga tushmasligimni juda yaxshi bilardim. Eshbo'taev o'tgan yildan buyon "Dinamo"da o'ynab kelmoqda. Jamoada sog'lom raqobat bor. Mashg'ulotlarda futbolchilar maydonga tushish uchun kurash olib borishadi.

- O'tgan yil "Navbahor"da, bu yil "Dinamo"da ijaradasiz. "Paxtakor"dan xafa emasmisiz?

- Buni to'g'ri tushunish kerak. "Paxtakor"da raqobat juda ham kuchli. Bu erda O'zbekistonning eng kuchli darvozabonlar bor. Ularga etib olishim uchun ancha bor. Suyunov, Quvvatov bilan birga mashg'ulot o'tkazganimdan faxrlanaman. Nesterov, Lobanov, Suyunovning o'yinlarini yoshligimdan kuzatib kelardim va ularga havas qilardim. Endi ular bilan birga o'ynayapman.

- 2-turni "Dinamo" "Surxon"ga qarshi o'tkazadi. Bu o'yindan nima kutayapsiz?

- Yaxshi o'yin bo'ladi. CHunki ikki debyutant jamoa ham o'zini ko'rsatishga urinadi. Superligaga munosib ekanligini isbotlashga urinamiz. Qisqasini aytganda maydonda "jang" bo'ladi.



- Samarqandlik muxlislarga aytar so'zingiz...

- Samarqandlik muxlislar katta futbolni sog'inib qolishgan. Buni ilk turda guvohi bo'ldik. O'yinlarga chorlab qolamiz. Stadionga qancha ko'p muxlislar kelishsa, biz shuncha ko'p kuch bilan o'ynaymiz.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика