Botir Qoraev "Mashal" murabbiylar shtabida ish boshladi
26 mar 2018 16:19
Yangiliklar
Botir Qoraev "Mashal" murabbiylar shtabida ish boshladi
"Mashal" jamoasi murabbiylar shtabida ayni paytda, Aleksandr Xomyakov bosh murabbiy va Ruslan Ahmedov katta murabbiy vazifalarida ishlab kelishayotgandi.
Endilikda ular safiga yurtimizning tajribali markaziy himoyachilaridan biri bo'lgan Botir Qoraev ham qo'shildi. Qoraev bu mavsumdan boshlab bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovga yordamchi lavozimida ishga kirishdi.
Qoraev futbolchilik faoliyati davomida «Nasaf», «Mashal» va «SHo'rtan» jamoalarida to'p tepgan. Endilikda sobiq himoyachi murabbiylik sohasiga jiddiy etibor qaratishi shubhasiz, Botir Qoraevning murabbiylik sohasidagi faoliyatiga omad tilaymiz.
Dilshod Safarov

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar