Boshkovich: "Yomon o'ynadik deb ayta olmayman, keyingi o'yinga tayyorgarlikni yaxshi kayfiyatda davom ettirish kerak"
03 mar 2024 00:30
Yangiliklar
Boshkovich: "Yomon o'ynadik deb ayta olmayman, keyingi o'yinga tayyorgarlikni yaxshi kayfiyatda davom ettirish kerak"
"Ko'rganingizdek qiziqarli o'yin bo'ldi. Albatta, yutqazish yoqimsiz holat va biz ko'prog'ini kutgandik. Raqibning kim bo'lishi farqi yo'q, o'yinchilarimda yaxshiroq o'ynash uchun kuch borligiga ishonchim komil.
Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ulardan foydalanishda esa oqsadik. Futbol gollar uchun o'ynaladi. 2ta gol o'tkazib yubordik, ularni tahlil qilamiz. "Neftchi" vaziyatlar yaratdi va tartibli harakat qildi, bizga esa omad kulib boqmadi.
Kech gol kiritdik va raqibga yana bosim o'tkazish uchun vaqt etmay qoldi. Umuman olganda, jamoa o'yini yomon bo'ldi deb ayta olmayman. Individual tomonlama biroz zaifroq o'ynadik.
Keyingi o'yin besh kundan so'ng bo'lib o'tadi. Yaxshi kayfiyatda tayyorgarlikni davom ettirish kerak deb o'ylayman. Bu birinchi o'yin va atigi uch ochko. Hozircha kimda qanday kuch borligini bilib bo'lmaydi", — dedi jizzaxliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar