Boshidan og'ir jarohat olgan Raul Ximenes qachon safga qaytishi malum
27 jan 2021 20:58
Yangiliklar


Boshidan og'ir jarohat olgan Raul Ximenes qachon safga qaytishi malum
Uning so'zlariga ko'ra, forvard kutilganidan ancha tez sog'aymoqda va joriy mavsum oxirlarida maydonga qaytishi mumkin.
“Raulning tiklanishi yaxshi kechmoqda. U kundan-kunga jiddiy qadamlar tashlamoqda. Ximenesning progressidan nafaqat men, balki butun tibbiyot xodimlar hayratda. U safimizga sog'lom holda qaytishini istaymiz, u jamoa uchun juda muhimdir. Hatto, uning bazada shunchaki mashg'ulot o'tkazishi ham jamoaviy ruhni ko'tarmoqda”, deydi Santu.
Raul 2020/21 yilgi mavsum “bo'rilar” safida 11 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi. U APL 10-turidan o'rin olgan “Arsenal” (2:1)ga qarshi bahsda David Luis bilan to'qnashishi oqibatida boshidan og'ir jarohat olib, maydonda xushini yoqotgan va keyinchalik jarrohlik stoliga yotqizilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar