"Borussiya" Sanchoni kelasi yozda sotadi
31 dek 2019 23:07
Yangiliklar


"Borussiya" Sanchoni kelasi yozda sotadi
"Arilar" iqtidorli angliyalik yarim himoyachi borasida muzokaralar olib borishga tayyor.
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho yozda boshqa klub safiga qo'shilishi mumkin.
"The Times" nashri xabariga ko'ra, "Borussiya" rahbariyati 19 yoshli futbolchi borasida munosib taklif olsa, muzokara o'tkazadi.
Joriy mavsumda Sancho barcha musobaqalarda 24 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 12 gol va 13 ta samarali uzatma yozdirib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Jeydonning "Borussiya" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar