So’nggi yangiliklar

20:02«Насаф» - «Нефтчи» 0:0 (Матнли трансляция)  13 20:00Суперлига. "Навбаҳор" - "Қизилқум" (матнли трансляция)  9 19:56Евро-2024. Сербия сўнгги сонияда мағлубиятдан қутилиб қолди ва кейинги босқич йўлланмаси учун имкониятларини сақлаб қолди  3 19:36Дилшод Ирсалиев: "Жаҳон чемпионатидаги ҳиссиётларни сўз билан таърифлаб бера олмайман"  0 18:37Интервью. Сардор Рашидовнинг фаолиятидаги энг катта маоши, терма жамоа, Роналдудан форма ололмагани ва "Пахтакор"дан кетиши  8 18:28"Милан" эътиборини Довбикка қаратган   0 17:59Рубин Хебай: "Албания охирги турда ҳаммани хайрон қолдиради ва кейинги босқичга чиқади"  3 17:42"Қизилқум"нинг грузиялик легионери: "Туркия билан баҳсда ҳисоб ўйинга мос бўлгани йўқ"  3 17:33Рэтклифф: "Манчестер Юнайтед"нинг асосий муаммоси бош мураббий эмас"  2 17:09Евро-2024. Словения - Сербия: Асосий таркиблар маълум  2 16:37"Ливерпуль" Хвича Кварацхелияни ўз сафига қўшиб олмоқчи   4 16:12ЦСКА икки футболчисини ижарага бериб юбормоқчи  3 15:30Стив Купер — "Лестер" бош мураббийи  0 15:17"Сурхон" 10 киши бўлиб суперкамбэк намойиш этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:47Ўзбекистон U-20 термаси Францияга қарши иккита ўйин ўтказади  4

"Real Madrid" - CHempionlar Ligasi g'olibi! Yangiliklar

"Real Madrid" - CHempionlar Ligasi g'olibi!

UEFA CHempimonlar Ligasi finalida "Real Madrid" va "Borussiya Dortmund" jamoalari ro'baro kelishdi.

CHempionlar Ligasi
Final
"Borussiya Dortmund" – "Real Madrid" 0:2
1 iyun, 22.00, "Uembli"
Gollar
: 0:1 – 74 Karvaxal, 0:2 – 83 Vinisius Junior.

"Borussiya" – Kobel, Ryuerson, Xummels, SHlotterbek, Matsen, Zabitcer, Jan (Malen, 80), Brandt (Aller, 81), Sancho (Bayno-Gittens, 87), Adeyemi (Roys, 72), Fyullkrug.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 86), Valverde, Kamavinga, Bellingem (Xoselu, 85), Vinisius Junior (Vaskes, 90), Rodrigo (Militao, 90).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (35), SHlotterbek (40), Zabitcer (43), Xummels (79).


Borussia Dortmund

Champions League Final Stage . Final-tur

02/06/2024, 00:00

2
:
0
Tugadi

Real Madrid

Daniel Carvajal - 74', Vinicius Junior - 83'

Stadion: Wembley, 86212 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
40'  Nico Schlotterbeck
43'  Marcel Sabitzer
72'  Karim Adeyemi (Marco Reus)
79'  Mats Hummels
80'  Emre Can (Donyell Malen)
80'  Julian Brandt (Sebastien Haller)
87'  Jadon Sancho (Jamie Bynoe-Gittens)
35'  Vinicius Junior
74'  Daniel Carvajal
74'  Toni Kroos
83'  Vinicius Junior
83'  Jude Bellingham
85'  Jude Bellingham (Joselu)
85'  Toni Kroos (Luka Modric)
90'  Rodrygo (Eder Militao)
90'  Vinicius Junior (Lucas Vazquez)



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH



Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi! "Real Madrid" yana UEFA CHempionlar Ligasi g'olibiga aylandi!

Kurtua birinchi vaziyatda to'pni qaytarib yubordi, keyingisida esa to'liqligicha ushlab oldi. 

90+5-daqiqa. Marko Roysning uzatmasidan keyin Militao to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi. 

90+4-daqiqa. Mendi raqibini qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. Standart vaziyat.

90+3-daqiqa. Qarshi hujumda Vinisius ko'pchilikni o'ziga yaqin kelishga majbur qilib, bo'sh zonaga Modrichga to'pni tashlab bermoqchi bo'ldi, himoyachilar ishonchli o'ynashdi. 

90+2-daqiqa. Vaqtni "o'ldirayotgan" Karvaxal va Kurtua raqibga ruhiy bosim ham o'tkazmoqda. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!

90-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'rniga Eder Militao maydonga tushirildi.

89-daqiqa. Karvaxal himoyada ishonchli o'ynadi va to'p Malendan chiqib ketishini taminladi. 

88-daqiqa. GOOOOOL!  Lekin Fyullkrug o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan. 

86-daqiqa. O'zgarishlar! Jud Bellingem o'rniga Xoselu. SHuningdek, Toni Kroos maydonni tark etdi! Afsona endi to'liqligicha "Real"dagi faoliyatini yakunladi! Uning o'rniga Luka Modrich maydonga tushdi. 

83-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Vinisius JUNIOR! Bellingemning uzatmasidan keyin Vinisius Junior oradagi farqni ikkitaga oshirdi!

82-daqiqa. Kobeldan ketma-ket ikkita dahshatli seyv!

81-daqiqa. Emre Jan va Yulian Brandt o'rniga Sebastyan Aller hamda Doniel Malen o'yinga qo'shildi.  

80-daqiqa. Jarima zarbasini Kroos amalga oshirdi va Gregori Kobel qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

79-daqiqa. Ogohlantirish! Mats Xummels jarima maydonchasi oldida Kamavingani "chopdi". 

"Real" gol urib oldi, endi "Borussiya" ochilishga majbur! Oxirgi 15-20 daqiqa yonishi aniq!

74-daqiqa. GOOOOOOOOOOL! DANI Karvaxal hisobni ochmoqda. Golli uzatma esa kimdan? Albatta, Toni Kroosdan!

73-daqiqa. Vinnidan ajoyib fint, Royersen uyalib qoldi... Lekin to'pga takror tashlangan Xummels to'pni tepib yubordi.  

72-daqiqa. O'zgarish! Karim Adeyemi o'rniga Marko Roys o'yinni davom ettiradi.

Marko Roys maydonga tushishga deyarli tayyor bo'lib, oxirgi ko'rsatmalarni olmoqda.

69-daqiqa. Uxx! Vinisiusdan nozik uzatma va Bellingem qanchalik urinmasin to'pga eta olmabdi, ammo Kobel ham chalg'ib qoldi, biroq to'p baribir darvoza to'riga borib tushmadi. 

65-daqiqa. "Borussiya" qarshi hujumga o'tib keta olmadi.

63-daqiqa. Niklas Fyullkrug boshi bilan zarba berdi, lekin Tibo Kurtua osonlik bilan to'pni egallab oldi.

57-daqiqa. Karvaxal o'yinda hisobni ochishi mumkin edi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

48-daqiqa. "Real" ikkinchi taym faolroq boshladi.

46-daqiqa. Ikkinchi taym boshlandi!

45+5-daqiqa. Bo'lidmagi birinchi burchak zarbasini ham, oxirgisini ham germaniyaliklar amalga oshirishdi. Lekin uzatmadan keyin Valverde boshi bilan to'pni uzoqlashtirdi va hakam hushagini chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

45+4-daqiqa. Bellingem himoyachilarga yordam kelib, to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

45+2-daqiqa. "Real" xotirjam to'pni nazoratida ushlab turibdi va hujum uchun qulay fursat poylamoqda.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi!

43-daqiqa. Ogohlantirish! To'p uchun kurashda Zabicer Ferlan Mendiga nisbatan fol ishlatdi. Qizig'i, Marsel ham gaplari uchun, keskin munosabati uchun ogohlantirilmoqda.

42-daqiqa. Burchak zarbasidan esa naf chiqmadi.   

41-daqiqa. Zabicerning zarbasidan keyin Tibo Kurtua seyv amalga oshirdi. 

40-daqiqa. Ogohlantirish! Hakamga keragidan ko'p gapiravergani uchun Niko SHlotterbekka kartochka ko'rsatildi.

39-daqiqa. "Real" o'ng qanotdan hujumga o'tayotgandi, ammo Karvaxal to'pni egallashiga raqib himoyachilari imkon qoldirishmadi. 

37-daqiqa. Tibo Kurtua to'pni egallab olib, jamoasining yangi hujumini boshlab berdi.

35-daqiqa. Ogohlantirish! Pressingda to'pga ulgurmay, raqib darvozabonini maydonga qulatgani uchun Vinisius sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

33-daqiqa. Borussiya" futbolchilari hujumda fol ishlatishdi. Jabrlanuvchi — Ferlan Mendi. 

31-daqiqa. Valverde bir oyog'i bilan to'pni, ikkinchisi bilan esa Karim Adeyemining oyog'ini tepdi. Hakam vaziyatga yaqin turgandi — fol.  

30-daqiqa. Kroosning uzatmasidan keyin to'pni egallab, uni shunchaki tepib yubormagan "arilar" qarshi hujumga o'tib ketishdi va Mendining faolligi tufayligina bu hujum oxiriga etmay qoldi.

29-daqiqa. Hujumga qo'shilgan Karvaxal burchak zarbasi ishlab oldi.

28-daqiqa. Karim Adeyemi yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu safar Tibo Kurtua jamoasini qutqardi. 

Emre Jan jarohat olgan ko'rinadi. Futbolchi maydonga o'tirib oldi.

23-daqiqa. Ajoyib o'yin guvohiga aylanyapmiz. "Real" jarima maydonchasi ichida avvaliga "Borussiya" futbolchilari uzatmalarni amalga oshirishgan bo'lsa, keyin to'pni olib qo'ygan "Madrid" vakillari ham bu ishni davom ettirishdi. Kroos sal qolsa raqibning goliga "assist" vazifasini bajarib berardi.

21-daqiqa. Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyat "Real" darvozasi oldida yuz berdi. Mats Xummelsning ajoyib uzatmasidan keyin Adeyemi birga-bir vaziyatga chiqib bordi, Kurtuani chetlab o'tdi, lekin ortidan quvlat etgan Karvaxal zarba yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

18-daqiqa. Zabicer to'p uchun kurashda Bellingemga nisbatan fol ishlatdi. 

17-daqiqa. "Borussiya" to'pni nazorat qilmoqda. 

15-daqiqa. "Real" raqib darvozasiga yo'l izlamoqda. Vinsius zarba berdi, lekin noaniq.

14-daqiqa. Fyullkrug jarima maydonchasi ichiga kirib, to'pni qabul qildi va orqaroqdan kelayotgan Brandtni ko'rdi, Yulinaning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.   

12-daqiqa. Bir nechta uzatmadan keyin Valverde zarba berishga imkon topdi, ammo uning urinishi qovushmadi.

9-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. 

7-daqiqa. Burchakdan uzatma va zarbadan keyin Kroos to'pni uzoqlashtirdi, nemislarning takroriy urinishi omadsiz chiqdi.

6-daqiqa. Ferlan Mendi to'pni maydondan chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.

Vinsiusning dastlabki urinishi xavfli tus olishi mumkin edi, lekin to'p maydondan chiqib ketib qoldi.

3-daqiqa. Bo'ldi, o'yin davom etadi.

Uchrashuv boshlandiyu, maydonga unda bo'lishi kerak bo'lmagan inson tushib ketdi... "Pauza"...

O'YIN BOSHLANDI!

Sardorlar — Nacho va Emre Jan esdalik sovg'alarini alishib olishdi. 

Endi navbat musobaqa madhiyasiga... 

Har ikki jamoaning asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 

Zinedin Zidan hamrohi bilan UEFA CHempionlar Ligasi kubogini maxsus tayyorlangan joyga olib chiqib qo'yishdi.  

O'yin tabiiyki hali boshlanmadi. Ayni daqiqalarda "Uembli"da diskoteka bo'lyapti.


ECHL. "Borussiya Dortmund" - "Real Madrid": Finaldan keyin kimning ko'chasida bayram bo'ladi?


Reyting: +18   

Fikrlar

+10   
02 iyu 02:00:55
Футбол оддий уйин
Модричда олтита, Карвахалда олтита. Бутун бошли жамоаларни орзуси жа бўмаса бир мартта бўса ҳам ютиш шу ЧЛгаси кубигини.
+9   
02 iyu 01:45:18
Футбол оддий уйин
Баруссия Бавария Ман сити Барса муҳлислари секиииин уҳлавурила.
+9   
02 iyu 01:37:15
Barcelona Legenda
Анчелотти кари тулкисан сен блят. Сити билан родриго винини бир каноотда ойнатип чалгитди. Бугун Карвахални бурчак топларида ойнатип маглуб килияпти. Анчелотти дахи блят, кари тулки тан бердим бу чолга
+9   
02 iyu 01:35:32
Abduraxmon Vaxobov
РЕАЛ КАМАБ ТАШДИЮ ЯШАВОР ГОЛЛЛЛЛЛ
+8   
02 iyu 01:38:38
Baxtiyor Yuldashev
Boʻldi barusiya ertagi tugapt shekili
+8   
02 iyu 01:38:08
Nurbek Eshmanov
Har doimgidek Real Madrid oʻz rolida
+8   
02 iyu 01:37:30
Krishtianu Ronaldu
Barcha negativchilarga alangali salomlar sizlar vaqtingizni ajratib asabiylashib yuravering biz sizlarni qoqaveramiz
+7   
02 iyu 02:06:30
safo78
Боруссияни бу кечадаги миллионлаб мухлисларига сабр.
Бу сафар хам ниятлар амалга ошмади.
+7   
02 iyu 02:01:21
rivaldo-1979
Реалнинг хакикий мард мухлисларини галаба билан табриклайман.15 чи кубок муборак. Барса мухлиси.
+7   
02 iyu 01:41:12
Abduraxmon Vaxobov
Barcelona Legenda foydalanuvchining fikriga javob berish
Анчелотти кари тулкисан сен блят. Сити билан родриго винини бир каноотда ойнатип чалгитди. Бугун Карвахални бурчак топларида ойнатип маглуб килияпти. Анчелотти дахи блят, кари тулки тан бердим бу чолга
МАНИМЧА КАРЛОНИ МИЛАНДАГИ ДАВРИ КАЙТИБ КЕЛДИ.
+7   
02 iyu 01:37:37
Muhammadxon Mamatov
Гооооооооооооооооооол
+7   
02 iyu 01:35:47
Baxtiyor Yuldashev
Aytimu realni daqiqasi boshlanyapti deb gol
+7   
02 iyu 00:51:10
Krishtianu Ronaldu
Jasur/barsa foydalanuvchining fikriga javob berish
Hakam dalbayopmi nimaga Borussiya oʻyinchilariga oʻzidan oʻzi sariq koʻrsatvotti, bu finalku, finalda emotsiyala boʻlishi tabiiy.
Barsachi yonib ketyapsanmi
+6   
02 iyu 02:01:26
Sardorbek..
Real Chlni yutdi lekin emotsiyalar oddiy kubokni yutgandek... Anchelotti esa ayni damda eng kuchli murabbiy xech qanaqa Gvardiola Klopplar uni darajasida emas....Vinniga darxol Oltin to'p berish kere
+6   
02 iyu 01:44:56
Dilshod Nazarov
Real uygonsa raqiblar shokdan chiqolmay qoladi 15 15 15 15
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика