“Borussiya” Ranokkiya uchun 7 million evro taklif etdi
17 jan 2014 10:09
Yangiliklar


“Borussiya” Ranokkiya uchun 7 million evro taklif etdi
Dortmundning “Borussiya” klubi himoyachi Andrea Ranokkiya bo'yicha “Inter”ga rasmiy taklif bilan chiqdi.
Dortmundliklar italiyalik o'yinchi uchun 7 million evro berishga tayyor, deb xabar beradi la Gadzetta dello Sport.
Avval berilgan xabarlarda “Inter” Ranokkiya uchun 12 million evro so'rayotgani aytilgan edi.
Eslatib o'tamiz, futbolchiga “Yuventus”, “CHelsi” va “Norvich” klublari ham qiziqishayapti.

Fikrlar