So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Borussiya: O'yin kunidagi tartib Yangiliklar

Borussiya: O'yin kunidagi tartib

Teglar :  Borussiya D
Savol: Dormundning Borussiya klubida o'yin kuni qanday ishlar amalga oshirilishini bilasizmi? Muayyan uchrashuvni tashkillashda qancha ishchi-xodim, volontyor va masullar ishtirok etishlarini-chi?

Klub menejerlari ular bilan qanday hamkorlik qilishadi? Qay yo'sinda o'yin arafasidagi barcha ishlarni sifatli, qiziqarli, quvnoq va masuliyatli tarzda bajarish mumkin? Bularni bilish uchun Borussiya klubining kun tartibi bilan tanishib chiqish kerak. SHunisi aniq, nemis jamoasidan o'rgansa bo'ladigan jihatlar talaygina...

Dormundliklar ishtirokidagi o'yin arafasida ko'pchilik xodimlar  to'planadigan ilk joy - stadionning qulay, ammo muxlislar nazaridan chetda joylashgan volontyorlar xonasi. Bu joy haqida ko'pchilik umuman tasavvurga ega ham emas. Stollar did bilan terib chiqilgan mazkur xonada turli ichimliklar tarqatiladigan kichik bar va faqat Borussiyagagina xos sariq-qizg'ish liboslar uchun maxsus shkafchalar bor. Uchrashuv boshlanishiga roppa-rosa 3 soat qolganida, bu erda ko'plab insonlarni uchratasiz. Kimdir Kola yoki mineral suv simirayotgan, boshqa birov tegishli ko'rsatmalarni qunt bilan tinglayotgan bo'ladi. Ikki tomondagi devorga mahkamlangan televizorlarda esa, avvalgi o'yin vaziyatlari namoyish qilinyapti...

Eshiklarga ohangraboli taxtalar osilgan. Ushbu ulkan taxtalarda stadionning sektorlar bo'yicha chizmasi tasvirlangan. Keyinroq, ishlar barchaga taqsimlangach, har bir volentyorning surati unga ajratilgan hududlar bo'ylab joylashtirib chiqiladi. Aytgancha, ko'ngillilarning stadiondagi vazifalarini ranglar bo'yicha - yashil, sariq, ko'k, qizil, oq tusdagi maxsus belgilardan bilib olish mumkin. Klub xodimlariga bitta o'yinda o'rtacha 100 nafarga yaqin volontyor yordam beradi. Dortmund futbolida volontyorlik bo'yicha ishlar 2006 yili, yani  Germaniya mezbonlik qilgan jahon chempionati yakunlanganidan so'ng yo'lga qo'yilgan. Tabiiyki, Borussiya volontyorlari ham o'z xizmatlari uchun maosh olishmaydi. Lekin klubning original liboslari bilan taqdirlanishadi, shuningdek, jamoaning uy uchrashuvlarini tekinga tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Muhimi, Borussiyaning volontyorlik xizmatida ishlayotgan har bir inson klubni o'zgacha mehr bilan sevadi. Qolaversa, har bir volontyorda asosiy kasbi yoki ishi ham bor. Misol uchun, o'zini gid sifatida tanishtirgan Sonya ismli qizaloq kundalik hayotda ijtimoiy sohada faoliyat yuritadi. Mazkur holat ko'pchilik uchun tabiiy hol: Sonyaning oilasi uzoq yillardan buyon aynan Borussiyaga muxlislik qiladi, qizginaning o'zi esa volontyorlik tufayli Londonda Bavariyaga qarshi kechgan CHL finalini bevosita stadionda ko'rib qaytish baxtiga muyassar bo'ldi.

Volontyorlarga o'yin kuni ish keragicha topiladi. Zero, 80 mingdan ortiq tomoshabinga mo'ljallangan Signal Iduna Park stadioni doimo muxlislar bilan to'ladi. To'g'ri, bu ko'rsatkich faqat ichki chempionat bahslariga xos. Negaki, evrokuboklar doirasidagi o'yinlarni tik turib tomosha qilish mumkin emas - bu  UEFA tomonidan taqiqlangan. SHu bois, fan-sektorning bundesligaga xos 25 minglik oqimi 12 mingga kamayadi. Tabiiyki, ushbu taqiq oqibatida klub bir necha ming evrodan mahrum bo'ladi, lekin hozircha vaziyatdan chiqib ketishning boshqa iloji yo'q. Ha, tik turishga mo'ljallangan fan-sektorni o'rindiqlar bilan jihozlab, muammoni butunlay bartaraf etish  ham mumkin. Ammo bu variant Borussiya muxlislariga maqul kelmaydi. Dortmundda esa fan-klub fikri doimo inobatga olib kelingan. Umuman olganda, Borussiya fan-klubining 3ta yirik ultra-guruhi mavjud bo'lib, ularga azo aksariyat muxlislar barchaga malumu mashhur 12-sektordan joy olishadi. Eng ashaddiy fanatlar o'yin vaqti qo'llariga ovoz kuchaytiruvchi jihozlarni tutib olgancha Signal Iduna Parkka o'zgacha joziba bag'ishlashadi.

Yuqorida takidlanganidek, qita miqyosidagi o'yinlar chog'i 12-sektor egalari, yani eng faol muxlislar armiyasining teng yarmi joysiz qolib ketadi. Borussiyada bu muammoni hal qilish uchun ajoyib yo'l tanlangan. Yani evrokubok o'yinlarida jamoaga ish staji yuqori fanatlar ishqibozlik qilishadi. Boshqacha aytganda, fan-klubga ancha yillardan beri muntazam azo bo'lib kelayotganlargagina shunday baxt nasib etadi. Etiborlisi, bu o'rinda gap qandaydir 5 yoki 10 emas, 20 va undan ortiq yildan buyon klubga ishqibozlik qilish haqida bormoqda. Xullas, Borussiya ishtirokidagi biror-bir o'yinni ko'rish uchun shunchaki, Dortmundga borib, Signal Iduna Parkka kirish oson emas. Negaki, umumiy sig'imning 65 foizi, yani 55 ming o'rin mavsumiy abonementlar bilan allaqachon band qilib qo'yilgan. Aslida shu abonementni xarid qilish ham katta bir muammo. Yozda abonementlarning 18 ming donasi erkin sotuvga chiqariladi va ularni qo'lga kiritish uchun stadion kassalarida uzundan-uzoq navbat kutiladi. Stadiondagi qolgan o'rinlar esa fan-klub azolari, homiylar va mehmonlarga taqsimlanadi.

 Media-hududga kirish joyi Borussiya afsonalari suratlari bilan bezatilgan. Ular orasida SHtefan SHapyuiza, Mixael Cork va braziliyalik ajoyib iqtidor sohibi Dede suratlarini ko'rish mumkin. Tabiiyki, media-hududda osiyolik jurnalistlar o'zlari uchun bosh qahramon sanalgan SHinji Kagava bilan suhbatlashishga intilishadi. Borussiya media-hududida bo'lgan jurnalistlarga yaxshi malumki, jamoa ustozi Tomas Tuxel bosma nashrlar - gazeta va jurnallarga deyarli intervyu bermaydi. SHunga qaramay, Tuxel - jurnalistlar uchun ajoyib topilma. Misol o'rnida bitta voqeani keltirib o'tish joiz: Borussiya o'tgan mavsum Darmshtadt ustidan g'alaba qozona turib, so'nggi lahzalarda yutuqni qo'ldan chiqarib qo'ydi. Tomas esa o'yindan keyingi matbuot anjumanida barchasi haqida xotirjam firk bildirdi. Deylik, Klopp davrida bunday emasdi. CHunki hissiyotlarga o'ta beriluvchan Yurgen mag'lubiyatli o'yinlardan so'ng yo'lida uchragan kishiga tashlanib, muvaffaqiyatsizlikda aynan uni ayblab qolishi hech gap emasdi. Media-hududga perpendikulyar ravishda joylashgan yo'lak esa chimli maydonga olib chiqadi. Aytishlaricha, Signal Iduna Parkning maydon bilan tutashgan ushbu mo'jaz yo'lakchasi bundesligada eng yaxshisi ekan. Tonnelning nimqorong'u manzarasi televidenie xodimlari uchun chinakam bosh og'riq ekanligini ham alohida takidlab o'tish kerak. Biroq bu muammo hozircha Borussiyani tashvishga solmayapti. Sababi, ushbu qorong'u yo'lak bo'ylab 80 ming nafar muxlis qarshisiga chiqadigan har bir futbolchi o'zida g'oyat kuchli ruhiy quvvat hissini tuyadi.

Klubning ijtimoiy tarmoqlar - Feysbuk, Tvitter, Instagram yo'nalishidagi sahifalari ustida kuniga 5-10 nafar xodim tinimsiz mehnat qiladi. Eng muhimi, hattoki, shu sohada ham Borussiya o'z qarashlariga ega. Misol uchun, yaqinda dortmundliklarning Germaniyadagi eng ashaddiy raqiblaridan biri - Red Bull Leypcigga qarshi kechgan o'yinda Borussiya moderatorlari raqib jamoaning internet-manzillari haqida axborot berishdan bosh tortishdi: Bundesligada 17ta odatiy va bitta boshqalarga umuman o'xshamaydigan jamoa ishtirok etadi. Biz ushbu klub manzillarini atayin havola qilmadik. Negaki, tarmoqlarimizdagi obunachilarning misli ko'rilmagan darajada ko'pligini inobatga olsak, bu raqib tomon uchun yaxshigina reklama sifatida xizmat qiladi. Biz esa bunday bo'lishini aslo istamaymiz. SHunaqa, bu - Borussiya...

Endi esa matbuot markaziga to'xtalsak. Borussiya ishtirokidagi har bir o'yinni yoritish uchun stadionga o'rtacha hisobda kamida 50 nafar jurnalist tashrif buyuradi. Matbuot markaziga kiraverishda muxbirlar o'yin oldidan o'z taxminlarini yozib qoldirishlari uchun maxsus taxta joylashtirilgan. Deylik, Darmshtadtga qarshi o'yin oldidan qaysidir jurnalist (mehmonlar ishqibozi bo'lsa kerak) Borussiya 7:1 hisobida yutqazishini bashorat qilibdi. Nima derdik, u hisobdagi farqni to'g'ri topgan, harqalay (bu o'yinda dortmundliklar raqibni shunchaki, yanchib tashlagandilar).

Yana bir muhtasham xona - matbuot anjumanlari uchun mo'ljallangan zal. Agar kimdir murabbiy yoki futbolchiga savol berishni istasa, maxsus tugmachani bosadi. Klub mederatorlari esa shu zahoti o'sha jurnalist qarshisidagi mikrofon ovozini kuchaytirishadi yoki butunlay o'chirib qo'yishadi.

Signal Iduna Parkdagi odatiy o'yinlarda 7-8ta telekameradan foydalaniladi. Dortmundda Yurgen Klopp va uning boshqaruvidagi  Liverpul mehmon bo'lgan kuni esa telekameralarning umumiy soni naq  28tadan oshib ketdi.

Endi maqolaga qo'shimcha sifatida Borussiyaning tijorat ishlariga masul sanalgan Benedikt SHolcning bazi fikrlarini keltirib o'tamiz:

Klub tanlagan yo'l haqida


- SHubhasiz, har qanday jamoa ravnaqida tijoratning o'rni g'oyat ulkan. Lekin bu masalada ham o'ziga xos qarashlarga egamiz. Misol uchun, biz Angliya klublari singari bitta rekord ortidan ikkinchisini o'rnatishga oshiqmaymiz. CHunki Borussiya deylik, CHelsi ham, Manchester Yunayted ham emas. Borussiya - ishchilar sinfiga tegishli klub va u faqat chiptalar sotuvigagina umid qilishi mumkin. Biz uchun xalq, yani ishqibozlarga yaqinlashish muhimroq sanaladi. O'zingiz o'ylab ko'ring: aslida dunyo tan olgan brendlar bilan hamkorlik qilishimiz mumkin edi, ammo buning o'rniga Brinkhoff~s savdo belgisini tanlaganmiz. CHunki u Dortmundda ishlab chiqariladigan mahalliy pivo brendidir. Boshqacha aytganda, o'zimizniki.

Gyotcening qaytishi va Xummels hamda Levandovski transferlari haqida


- Gyotce yozuvi bosilgan futbolkalar eng ko'p sotiladigan liboslarning kuchli uchligida turadi. Xummels masalasida hech qanday muammo yo'q - u aslida Bavariya tarbiyalanuvchisi. Levandovski esa boshidanoq o'z rejalarini  malum qilgan edi. Muhimi, u shartnoma oxirigacha haqiqiy professionallar kabi sidqidildan o'ynadi.

FIFA 17 muqovasiga tushgan Marko Roys haqida

- FIFA masalasiga kelsak, bu erda hech narsa bizga bog'liq emas. Muqovaga Roysning surati tanlangani - aslida futbolchining mehnatlari mahsuli. SHuning barobarida bu jamoamiz uchun haqiqiy reklama ekanligini ham unutmaslik lozim. Bu o'ringa davogarlar ro'yxati 5 nafar futbolchidan iborat edi. Gap kimlar haqida ketayotganini o'zingiz yaxshi tushunib turibsiz... Darvoqe, biz Pro Evolution Soccer o'yini orqali Osiyo bozoriga ham kirib boryapmiz. Konami bilan hamkorlik tufayli esa jamoa libosi, futbolchilar va Signal Iduna Parkni butun dunyo tanidi.

Xullas, Borussiyada o'yin arafasida ana shunday qizg'in ishlar kuzatiladi. Asosiysi, yuqorida tilga olingan voqeliklar Dortmundda odatiy yumushga aylangan. Bu borada Borussiyaga faqat havas qilish mumkin.

I.Rahimov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика