“Borussiya M” ikki to'puraridan mavsum so'ngigacha ayrildi
20 iyu 2020 09:48
Yangiliklar
“Borussiya M” ikki to'puraridan mavsum so'ngigacha ayrildi
Plea va Tyuram endi bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi.
Malum bo'lishicha, Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi hujumchilari Alassan Plea va Markus Tyuram joriy mavsum boshqa maydonga tusha olmaydi. Ikkala futbolchi ham o'tgan hafta olgan jarohatidan tuzalish bilan band.
Joriy mavsum 27 yoshli Plea klub safida 10 ta gol urib, 11 ta golli uzatma bergan bo'lsa, 22 yoshli Tyuram 14 ta gol va 9 ta golli uzatmaga muallif bo'ldi.
Fikrlar