So’nggi yangiliklar

01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  2 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  9 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  7 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  5 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  181 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1

"Borussiya" laterallari – ⚡️⚡️. Xakimi va Gerreyru "Dortmund"ning 6 golidan 4tasiga mualliflik qilishdi Yangiliklar

"Borussiya" laterallari – ⚡️⚡️. Xakimi va Gerreyru "Dortmund"ning 6 golidan 4tasiga mualliflik qilishdi

Ularni "Volfsburg" ham to'xtata olmadi.

Dortmundning "Borussiya"si koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan ajoyib sport formasida qaytdi: derbida "SHalke" ustidan yirik hisobdagi g'alaba (4:0), endi esa "Volfsburg" taslim etildi – ishonchli, ortiqcha savollarsiz - 2:0.

Yana bir ajablanarli fakt: qayta boshlangan Bundesligada klubning to'purari qanot himoyachisi Rafael Gerreyru (ha-ha, bu Erling Xoland emas). Portugaliyalik Rur derbisida dubl qayd etgan bo'lsa, kecha "Volfsburg" bilan o'yinda g'alaba to'pini kiritdi.

Ikkinchi qaxramon narigi qanotda harakat qiladi – Ashraf Xakimi. U ham lateral va u ham gol urdi, bundan tashqari Gerreyruning golida ham ishtirok etdi.


"SHalke"ga qarshi o'yinda Ashraf bevosita samarali harakatlarni amalga oshirmagan bo'lsada, eng faollardan biri bo'ldi. U o'ng qanotda raqiblarini "tilini osiltirib qo'ydi". "Volfsburg"ga qarshi o'yinda esa odatiyga aylanib ulgurgan usulda, qarshi hujumga qochib ketdi va Kun Kastelsni ranjitdi.

• Ashrafga golli uzatmani Jeydon Sancho amalga oshirdi – angliyalik futbolchi uchun bu mavsumdagi 16-assist (va yana 14ta gol urgan). Aytgancha, bu "Borussiya" uchun bir mavsum davomida samarali uzatmalar rekordi hisoblanadi. CHempionat yakunlanishiga hali 7 tur bor!

• Sancho rekordi haqida yana bir qiziq fakt: 16tadan 8tasida u avval to'p bilan 5 va undan ko'proq metr oldinga harakatlanib, keyin sheriklarini to'p bilan taminlagan. Bu ham Bundesligadagi eng yaxshi ko'rsatkich.

• Endi uchinchi fakt. Jeydon Sancho bu mavsum 3ta golli uzatmani aynan Ashraf Xakimiga etkazib bergan. Lateral bunga javoban Sanchoga ham 3 bor "assistent"lik qilgan. 

"Borussiya" laterallarining bu qadar samarali o'yini siri – 3-4-2-1 (yoki 3-4-3) taktik sxemada. Lyusen Favr bunday taktikaga 11-turda "Bavariya"dan uchralgan (0:4) mag'lubiyatdan keyin o'tgandi. Bunday sxemada Xakimini ortida doim Lukash Pishchek bo'ladi (nominal o'ng qanot himoyachisi, markaziy himoyachilar uchligi o'ynovchi – bu jihat Ashrafga erkinlik yaratib, himoyadagi kamchiliklarini yopib ketish imkonini bermoqda.

Qo'shimchasiga bu qanotda son jihatdan ham ustunlik beradi. Bu zonalarga oldinda o'ynovchi Torgan Azar, Yulian Brandt va Jeydon Sancho. Himoyachilar ham pleymeykerlarni, ham laterallarni qo'riqlashiga to'g'ri keladi.


Endi yangi sxema laterallarning samaradorligiga qanday tasir o'tkazganini raqamlarda ko'ramiz:

Rafa Gerreyru

Eski taktik sxemada: 2ta gol, 0 assist

Yangi taktik sxemada: 6ta gol va 3 assist


Ashraf Xakimi

Eski taktik sxemada: 2ta gol, 3 assist

Yangi taktik sxemada: 2ta gol va 8 assist


Ko'ramiz, yigitlar bunday ajoyib sport formasini seshanbagacha saqlab qola olarmikin? O'sha kuni "Borussiya"ni Dortmundda "Bavariya"ga qarshi daxshatli to'qnashuv kutib turibdi. Jamoalar o'rtasidagi farq hozircha 4 ochko – agar Xakimi va Gerreyru gol urishda va samarali uzatmalar amalga oshirishda davom etishsa, bizni chempionlik uchun kurashning yangi raundi kutib turibdi.

SHu o'rinda "Dortmund" uchun himoyada yangi bosh og'riq ham paydo bo'ldi: Mats Xummelsni kichik jarohat sabab tanaffusda almashtirishga to'g'ri keldi. Klubdagilar futbolchi "Bavariya"gacha safga qaytishidan umidvor. CHunki u yo'qligida "Volfsburg" ham bir nechta xavfli vaziyatlar yarata oldi, "Bavariya" esa "Volfsburg" emasligi barchaga malum.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика