"Borussiya D" o'z rekordini yangiladi

Aziz Tukhtamuradov
21 okt 2018, 12:33
"Borussiya D" jamoasi Germaniya Bundesligasining sakkizinchi turida "Shtutgart"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Dortmundliklar o'z tarixida ilk marotaba Bundesliganing ketma-ket to'rtta o'yinida kamida to'rtta gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi.

Bungacha jamoa "Ausburg" (4:3), "Bayer" (4:2) va "Nyunberg" (7:0) ni mag'lubiyatga uchratgandi.

Ayni paytda jamoa Germaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru