“Borussiya D” futbolchisi Bundesliga rekordini yangiladi
19 dek 2020 09:29
Yangiliklar


“Borussiya D” futbolchisi Bundesliga rekordini yangiladi
“Borussiya D” Bundesliga 13-turi doirasida “Union”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Dortmundliklarning o'yindagi yagona goliga Yussufa Mukoko mualliflik qildi. Futbolchi gol urgan vaqtida 16 yosh 29 kunlik edi. Natijada Mukoko Bundesligada gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi va rekord o'rnatdi. Avvalgi rekordi “Bayer” yarim himoyachisi Florian Vircga tegishli edi. Florian 2020 yil iyunida 17 yosh 34 kunligida gol urgandi.
Yussufa Mukoko joriy mavsum “Borussiya D” asosiy jamoasi safida 6 ta o'yinda qatnashishga ulgurdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar