"Borussiya" - "Bavariya" uchrashuvi haqida qiziq malumotlar
19 noy 2016 10:58
Yangiliklar
"Borussiya" - "Bavariya" uchrashuvi haqida qiziq malumotlar
Etiboringizga ushbu bahsga bog'liq qiziq malumotlarni taqdim etamiz.
- "Borussiya" 10 turdan so'ng turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. Agar Tomas Tuxel shogirdlari g'alaba qozonishsa, ular va etakchi o'rtasidagi farq 3 ochkoni tashqil qiladi.
- Ushbu bahs Bundesliganing eng yaxshi ikki hujumkor jamoasining to'qnashuvi hisoblanadi. "Borussiya" hisobida 25 ta gol bor, "Bavariya"da esa 24 ta.
- O'tgan mavsum bilan qo'shib hisoblaydigan bo'lsak, "Borussiya" o'z uyida ketma-ket 26 uchrashuvdan beri mag'lub bo'lmayapti. Qora-sariqlar uchun bu klub rekordi. "Borussiya"ning Dortmunddagi so'nggi mag'lubiyati 2015 yilning 15 aprelida qayd etilgan. O'shanda "arilar"ni "Bavariya" taslim etgan.
- "Bavariya" ketma-ket 14 uchrashuvdan beri mehmonda mag'lub bo'lmayapti.
- "Bavariya" mehmonda o'tgan 8 uchrashuvdan 7 tasida g'alabaga erishdi.
- Jamoalar Bundesliga doirasida 94 marta to'qnash kelishgan. "Borussiya" hisobida 29 ta, "Bavariya"da esa 42 ta g'alaba mavjud. 29 ta bahsda durang qayd etilgan.
- "Borussiya" Bundesliga doirasidagi 10 ta avvalgi uchrashuvda 3 marotaba "Bavariya"ni mag'lub etgan, 4 marta durang o'ynagan. "Bavariya" hisobida g'am 3 ta g'alaba mavjud.
- "Borussiya" Bundesligada so'nggi 4 ta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi. "Arilar" o'zi hisobni ochgan bahsda ketma-ket 17 uchrashuvda raqibga taslim bo'lmagan.
- "Bavariya" birinchi gol urganidan so'ng ketma-ket 34 uchrashuvda mag'lub bo'lmayapti.
- "Bavariya" Bundesliganing so'nggi 5 ta turidan bor-yo'g'i 2 tasida g'alabaga erishdi. "Bavariya" birinchi 10 ta turda o'tgan mavsumdagi birini davradan ko'proq ochko yo'qotdi.
- Bu mavsumda hakam "Borussiya" va "Bavariya" darvozasiga biror marotaba ham penalti belgilagani yo'q.
- Ushbu bahs joriy mavsumning eng yaxshi ikki hujumchisi to'qnashuvi bo'ladi. Per-Emerik Obameyyang hisobida 11 ta, Robert Levandovskida esa 7 ta gol bor.
- Sven Bender uchrashuvni o'tkazib yuboradi. "Borussiya"ning qolgan futbolchilari sog' va uchrashuvga tayyor.
- Bu uchrashuv Mats Xummels, Mario Gyotce, Robert Levandovski va Sebastyan Rode uchun o'zgacha ahamiyatga ega. Bu futbolchilarning har biri sobiq klubiga qarshi o'ynaydi.
- "Borussiya"ning Dortmundda "Bavariya" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 1967 yilning 3 iyunida qayd etilgan. "Arilar" myunxenliklarni 4:0 hisobida taslim etishgan.
- "Bavariya" Dortmundda "Borussiya"ni 2009 yilning 12 sentyabrida eng yirik hisobda mag'lub etgan. Mehmonlar 5:1 hisobida zafar quchishgan.
- Ushbu bahsni Tobias SHtiler boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. 35 yoshli referi uchun bu "Borussiya" ishtirokidagi 8-uchrashuvi (5 ta g'alaba, 1 ta durang, 1 mag'lubiyat).
- Uchrashuv 19 noyabr kuni "Signal Iduna Park" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi. 29 yildan beri ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs Dortmundda anshlag bo'lib kelmoqda. Barcha chiptalar sotib bo'lingan.
Manba: Bundesliganing Telegramdagi kanali
Uchrashuvni bor-yo'g'i 6 cent (0.06 $) evaziga tas-ix hududida tomosha qilishingiz mumkin: Aleziya.com
Fikrlar