"Borussiya" "Bavariya" taklifini rad etdi Yangiliklar

"Borussiya" "Bavariya" taklifini rad etdi

Myunxening "Bavariya" klubi Dortmund jamoasi vakillarini 30-turning markaziy o'yini oldidan ularni birga tushlik qilishga chorlashgan edi.

"Borussiya D" vice-prezidenti Vatcke ushbu taklifni qabul qilmadi. Bu ikkala jamoalarning o'zaro o'yini oldidan "Bavariya" klubi rahbarlari rasmiy tarzda birga ovqatlanish taklifi bilan chiqishgan. Lekin Dortmund klubi vakillari ushbu taklifga rad javobini berishgan.

"Bavariya" - "Borussiya D" qarama-qarshiligi juda katta jang bo'lishi aniq. Lekin o'yin oldidan ham bosim yanada oshmoqda. Klub vakillari o'rtasidagi munosabat keskinlashgan - deb yozadi nemis matbuoti.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика