So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  5 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

“Bornmut”da 10 yildan ortiq ishlab, jamoani APLga olib chiqqan murabbiyi klub bilan xayrlashdi Yangiliklar

“Bornmut”da 10 yildan ortiq ishlab, jamoani APLga olib chiqqan murabbiyi klub bilan xayrlashdi

Teglar :  BornmutEddi Xau
“Bornmut” klubi bosh murabbiyi Eddi Xau istefoga chiqqanligini elon qildi.

42 yoshli murabbiyning shartnomasi o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilindi.

Xauning jamoa muxlislariga ochiq xati elon qilindi.

“Men  futbolchi va murabbiy sifatida 25 yil jamoa bilan birga bo'ldim. Klub bilan kelishib, shartnomamni bekor qilish men uchun hayotimdagi eng qiyin qarorlardan biri bo'ldi.

Har qanday vaziyatda ham klubga bo'lgan mehrim saqlanib qoladi. Barchamiz hozir klub yangi darajaga chiqish uchun harakat qilishi kerakligini tushunib turibmiz. “Bornmut” doim mening yuragimda, ammo hozir vaziyatni o'zgartirish uchun eng yaxshi vaqt” deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Bornmut” klubi matbuot xizmati.

Xau umumiy hisobda 10 yil davomida (2008-2011, 2012-2020) jamoani boshqargan. 2014/15 yilgi mavsumda klub o'z tarixida ilk marta APL yo'llanmasiga ega chiqdi. Joriy mavsum yakuniga ko'ra, jamoa turnir jadvalining 18-pog'onasini band etdi va APLni tark etdi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика