So’nggi yangiliklar

22:59Фарҳод Нишонов: “Бизда кичик Қуттибоев бор”  0 22:44Неъматилло Қуттибоев: “Йўқотишлар панд беряпти”  2 22:35Анчелотти Мбаппенинг Ла Лигадаги омадсиз старти ҳақида гапирди  4 22:14Жейдон Санчонинг янги клуби маълум, у Европанинг гранд клубига ўтмоқда  4 21:50Про лига. "Арал" "Олимпик Mobi-Uz" билан дуранг ўйнади, марказий ўйинда эса "Машъал" "Шўртан"дан устун келди  2 21:21Максим Шацких ва бошқалар — Суперлигада 17-турнинг энг яхшилари  3 21:10Авазбек Ўлмасалиев: "Натижани қишда сарҳисоб қиламиз. Бор эътиборимиз мақсадимизга қаратилган"  2 20:29"Жаҳон чемпиони дарвозасига урган голимни ҳеч қачон унутмайман" — бутсаларини "Нефтчи"да михга илган Шерзод Каримов бугун нима билан банд?  9 20:19Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон баҳси ўтказиладиган стадионда реконструкция ишлари давом этмоқда  5 19:37"Ливерпул"дан навбатдаги юриш, янги вингер Англияга учмоқда  7 19:02БАА Ўзбекистонга қарши ўйингача тўрт нафар бразилиялик ва икки африкалик футболчини маҳаллийлаштиради   21 18:39Месут Ўзил масжид тозалашга борди  11 18:05 "Футбол олами". "Насаф" ҳамон пешқадам, "Пахтакор" ва ОКМКда муҳим ғалабалар — Суперлиганинг 17-тури ҳақида барчаси  3 17:51Афсуски, Ўзбекистон футзал МТЖнинг яна бир ўйинчиси Жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  4 17:13"Насаф"дан 3, "Пахтакор" ва "Навбаҳор"дан 2тадан ўйинчи. Суперлига 17-тур рамзий терма жамоаси  1

"Bo'rilar" "Qizil iblislar"ga qarshi, bugun o'tkazib yuborish tavsiya etilmaydigan o'yin prevyusi Yangiliklar

"Bo'rilar" "Qizil iblislar"ga qarshi, bugun o'tkazib yuborish tavsiya etilmaydigan o'yin prevyusi

Bugun Premer-ligada ikkinchi turga yakun yasaladi.

Turni hujumkor va qiziqarli o'tishi kutilayotgan bellashuv tugatib beradi.

O'tgan mavsum top-6 jamoalarning kushandasi bo'lgan "Vulverxempton" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.

Wolverhampton Wanderers

Ruben Neves - 55'

Premier League . 2-tur

20/08/2019, 00:00

1
:
1
Tugadi

Manchester United

Anthony Martial - 27'

Stadion: Molineux Stadium, 31314 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
46'  Matt Doherty (Adama Traore)
51'  Ruben Neves
55'  Ruben Neves
55'  Joao Moutinho
67'  Ryan Bennett
86'  Diogo Jota (Pedro Neto)
90'  Raul Jimenez (Patrick Cutrone)
24'  Daniel James
27'  Anthony Martial
27'  Marcus Rashford
68'  Paul Pogba
81'  Jesse Lingard (Juan Mata)
84'  Aaron Wan-Bissaka
89'  Daniel James (Mason Greenwood)
89'  Marcus Rashford (Andreas Pereira)

APL, 2-tur

19.08.2019, 23:55

"Moline stedium"

"Vulverxempton" - "Manchester Yunayted"

Bosh hakam: Jonatan Moss

Qanot hakamlari: Mark Perri, Edvard Smart


"Bo'rilar" mavsumni "Lester" maydonidagi 0:0 hisobi bilan boshlashdi. Nunu Eshpiritu shogirdlari Evropa ligasi saralash bosqichi doirasida 4ta o'yin o'tkazishdi va to'rtta g'alabani qo'lga kiritishdi. Umumiy hisobda o'tkazilgan beshta rasmiy o'yindan to'rttasida jamoa o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Jamoa uyda ancha ishonchli o'yin namoyish etadi. Markazda Nevesh, Moutino va Dendonker uchligi nazoratni ushlab turishga harakat qiladi. Hujumda esa ayni paytda yaxshi formada bo'lgan Raul Ximenes va Diogo Jotalar o'tgan yilgi ishlarini takrorlashga urinishadi. Ularning har ikkisi MYUga qarshi bir yil oldingi o'yinlarda gol urgan.


"Manchester Yunayted" chempionatni "CHelsi" ustidan qozonilgan ishonchli g'alaba (4:0) bilan boshladi. O'sha uchrashuvda garchi Sulsher shogirdlari birinchi bo'limda mazmunli o'yin ko'rsata olishmagan bo'lsa-da, keyinchalik vaziyatni o'zgartirishdi. Ayni paytda jamoa muqim himoyaga ega bo'ldi. Yani, SHou, Maguayr, Lindelyof, Van-Bissaka to'rtligi "Qizil iblislar"ning asosiy himoyachilari bo'lishadi. Ole joriy mavsum 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanmoqda. Mavsumoldi o'yinlarda ham jamoa asosan shu sxemada to'p tepdi. Norvegiyalik mutaxassis 4-3-3dan voz kechgan ko'rinadi. Balki, zarurat tug'ilganda foydalanar, lekin endilikda Sulsher uchun birlamchi sxema - 4-2-3-1. MYU hujum zonasida harakatlanayot futbolchilar o'zaro joy almashib o'ynashmoqda. Reshford va Marsyal hujum markazi va chap qanotda almashib o'ynayapti. Bazan eng oldinda Lingard ham paydo bo'lmoqda. Hujumdagi o'yinchilarning joy almashib harakatlanayotgani ham raqib himoyachilariga qiyinchilik tug'diradi. Matich soppa-sog' bo'lmagan paytda Maktominey o'zini yaxshi ko'rsatdi va nima uchun jamoa tayanch zona va markazga yangi futbolchi sotib olmaganini javob bergandek go'yo.


Bilasizmi?

- "Vulverxempton" APL doirasida oxirgi 8ta uy uchrashuvida mag'lub bo'lmagan;

- "Bo'rilar" o'tgan mavsum MYUga qarshi barcha musobaqalarda 3 bor maydonga tushishgan va umuman yutqazishmagan (2 g'alaba, 1 durang);

"Manchester Yunayted" Premer-liga klublari orasida dushanba kungi o'yinlarda eng ko'p bor g'alaba qozongan - 63 o'yinda 43 g'alaba. 68% - klublar uchun haftaning aniq bir kunida g'olib chiqish bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich;

- Antoni Marsyal MYU uchun barcha turnirlarda 49ta gol urgan. U "Yunayted" uchun 50ta gol urgan 53-futbolchiga aylanishi mumkin.


Jarohatlar

"Vulverxempton" - yo'q.

"Manchester Yunayted" - Erik Bayi, Timoti Fosu-Mensa, Fred, Aleksis Sanches.


Taxminiy tarkiblar

"Vulverxempton" (3-5-2): Rui Patrisiu - Xonni, Rayan Bennet, Konor Koadi, Uilli Boli, Mett Doerti - Liander Dendonker, Joau Moutino, Ruben Nevesh - Diogo Jota, Raul Ximenes.

"Manchester Yunayted" (4-2-3-1): David De Xea - Lyuk SHou, Garri Maguayr, Viktor Lindelyof, Aaron Van-Bissaka - Skott Maktominey, Pol Pogba - Jessi Lingard, Andreas Pereyra, Antoni Marsyal - Markus Reshford.


Murabbiylar fikrlari

Ole-Gunnar Sulsher: "Vulverxempton" - chuqur himoyalanadigan va ko'p bo'sh zona bermaydigan qiyin jamoa. Ular qarshi hujumni yaxshi uddalashadi, standart vaziyatlar xavf tug'diradi. O'tgan mavsumdagi o'yinlarimizni o'rganib chiqdik. Bu safar bizning sport formamiz, o'yinga yondashuvimiz yuqori darajada. Birinchi turdagi g'alabadan keyin kayfiyatimiz ham alo. SHu sabab, bu o'yinga ishonch bilan tashrif buyurdik".


Nunu Eshpiritu Santu: "Bu boshqacha o'yin. So'zsiz, o'tgan mavsumdagilardan farq qiladigan to'qnashuv bo'ladi. Barcha chiziqlarida fantastik o'yinchilari bor kuchli raqib bilan to'qnash kelayotganimizni bilamiz. Biz raqobatbardosh bo'lishni va o'ynashni xohlaymiz".

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика