So’nggi yangiliklar

14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  0 14:21Ўзбекистон Кубогидан ўрин олган “Бухоро” — ОКМК учрашувини бошқарадиган ҳакамлар номи маълум бўлди  0 14:15Пролига 10-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 13:38АПЛ 2025/26 мавсум тақвими эълон қилинди: МЮ 1-турда "Арсенал"ни қабул қилади  2 12:54"Манчестер Юнайтед" ўз футболчиси учун "Наполи"дан 25 млн. евро сўрамоқда  1 12:24Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  3 12:12Ўзбек футболи фахрийси Валерий Лёткин вафот этди  1 11:53Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧда кимлар ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  8 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  1 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  3 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  6 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3

Bonuchchi, Gattuzo va “Milan” uchun yil omadli boshlandi. Jamoa sardori va bosh murabbiy g'alabadan shod Yangiliklar

Bonuchchi, Gattuzo va “Milan” uchun yil omadli boshlandi. Jamoa sardori va bosh murabbiy g'alabadan shod

Italiya A seriyasining 20-turida “Milan” qiyin g'alabani qo'lga kiritdi. “Krotone”ga qarshi uchrashuvdagi yagona golga jamoa sardori Leonardo Bonuchchi mualliflik qildi.

“Ko'pchilik debyut golimni qachon urishim borasidagi savollarni berayotgandi. Endi mening ularga javobim bor. Biz o'z irodamizni ko'rsata oldik, ayniqsa so'nggi 10 daqiqada himoyada mardonavor o'ynadik. Yil bundan ham yaxshiroq boshlanishi mumkin emasdi. Muxlislar bizga ishonmoqda, biz esa bunga yaxshi o'yinimiz bilan javob qaytarishimiz kerak”,  deb aytib o'tdi jamoa sardori. 

“Milan” mavsum avvalida asosan o'rtamiyona futbolchilar bilan shartnomalar tuzdi. Ular orasida “Yuventus”dan xarid qilingan Bonuchchinigina alohida ajratib ko'rsatish mumkin edi. Mavsum avvalidagi ko'ngilsiz natijalar balki ortda qolgan bo'lishi ham mumkin. “Milan”da hozir hammasini boshidan boshlash uchun imkoniyat bor.

“Biz 70 daqiqa yaxshi futbol ko'rsatdik. Keyin esa keragidan ko'p xatolarga yo'l qo'ya boshladik. O'yin yakunlanib borgani sayin, xavf ko'payib ketaverdi. SHunga qaramay, futbolchilar qilayotgan mehnatdan qoniqmoqdaman. Birinchi ish kunimdanoq ular aytganlarimga amal qilib keladi. Bizda sifatli jamoa bor, faqatgina jiddiy mehnat qilishda davom etishimiz kerak”,  — deb Gattuzoning so'zlaridan iqtibos keltirgan Football Italia nashri. 

Qayd etish kerak, eski yilning so'nggi haftasida “Milan” hamshahri “Inter”ni taslim qilib, Italiya Kubogining yarim finaliga yo'l olgandi. 31 yanvar kuni milanliklar final yo'lida Rimning “Lacio” klubiga qarshi maydonga tushadi. A seriyadagi navbatdagi turni esa milanliklar 21 yanvar kuni “Kalyari” maydonida o'tkazadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика