Boni faoliyatini Italiya yoki Turkiyada davom ettirishi mumkin
15 avg 2019 13:18
Yangiliklar
Boni faoliyatini Italiya yoki Turkiyada davom ettirishi mumkin
"Manchester Siti" sobiq hujumchisining so'nggi klubi "Suonsi" bo'lgan edi.
Ivuarlik futbolchi shu yozda jamoasini erkin agent sifatida tark etgan edi. Undan oldin esa Qatarning "Al Arabi" klubida ijara asosida to'p tepdi.
Vilfrid Boni agenti Italiya va Turkiya chempionatidagi klublar bo'yicha ishlayotganini takidlagan.
"Men yaxshi formada bo'lishim va yangi jamoa topishim uchun mashg'ulotlar olib borishim kerak. Mening agentim Italiya va Turkiya klublari bilan muzokaralar olib bormoqda. Biz eng yaxshi taklifni kutmoqdamiz. Umid qilamanki, tezda yangi klub topaman", - deydi hujumchi.
Futbolchi yakunlangan mavsum 14ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan.
Fikrlar