Boltaboevga Yevropa grandlari qiziqish bildiryapti

Narzulla Saydullayev
6 noya 2013, 15:27
Osiyo chempionatidan keyin bir muddat Fransiyaning "Monako" klubi ko'rigida bo'lib qaytgan Jamshid Boltaboevning JCHda ko'rsatgan o'yinlari ko'pchilikka maqul keldi.
BAAga tashrif buyurgan va musobaqani TV orqali tomosha qilgan ko'plab skautlar hozirda bu futbolchiga jiddiy qiziqish bildirishyapti. Ular orasida kuchli beshlikning bir qator jamoalar bor. Hozircha nomi sir tutilayotgan klublar nomi ma'lum emas. Lekin JCHda qatnashgan futbolchilar ichida eng ko'p qiziqish aynan shu futbolchimizga qaratilyapti.

Odatda Yevropa klublari bir futbolchini uch yilga yaqin vaqt davomida kuzatadilar. Agar futbolchining bu o'tishi yaqin oylar ichida amalga oshmasa, undan Aleksey Evstafeev jamoasida ham yaxshi o'yin kutib qolamiz va bu safargi Osiyo chempionati Boltaboevga rosmanasiga Yevropa eshiklarini ochishi mumkin bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia