So’nggi yangiliklar

20:15Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  1 19:52"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  24 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  4 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

Bolalar va o'smirlar o'rtasida "Navro'z" musobaqasi finali bo'lib o'tdi Yangiliklar

Bolalar va o'smirlar o'rtasida "Navro'z" musobaqasi finali bo'lib o'tdi

Teglar :  Navro'z kubogi
O'zbekiston futbol associaciyasi taqvim rejasiga asosan 2004 yilda tug'ilgan bolalar jamoalari o'rtasida Navro'z bayramiga bag'ishlangan musobaqa yakuniga etdi.

O'FAga qarashli suniy qoplamali maydon hamda “CHig'atoy” sport bazasi maydonida o'tayotgan 2004 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi musobaqada jami 13ta jamoa qatnashdi.

Bugun ushbu turnirning 3-o'rin uchun bahsi va finali bo'lib o'tdi.

3-o'rin uchun kechgan bahsda “Iftixor” FM “Paxtakor” futbol akademiyasi bilan kuch sinashdi. O'yinning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi. Penaltilar seriyasida “Iftixor” futbol maktabi jamoasiga omad kulib boqdi – 4:2.

Finalda “Neftchi” BO'FM “Nasaf” BO'FMga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda “Nasaf” BO'FM 2:1 hisobida g'alaba qozonib, musobaqaning bosh sovrinini qo'lga kiritdi.



Mazkur musobaqani O'zbekiston futbol associaciyasi selekcionerlari kuzatib borishganini ham alohida takidlab o'tish kerak. Istedodli futbolchilar O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga jalb qilinadi.

2006 yilda tug'ilgan bolalar jamoalari o'rtasida musobaqa 2 aprel kuni boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика