So’nggi yangiliklar

07:59Каннаваро дебюти омадли чиққан Ўзбекистон - Қувайт учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 07:31U-20 ЖЧ. Чорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  0 01:49ЖЧ-2026 саралаши. Рангник термасидан 10та гол, Нидерландия, Фарер ороллари ҳамда Даниядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  7 01:39Ўртоқлик учрашуви. Дербида Англия Уэльсни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 01:15Мухлислари Моуриньюни ҳақорат қилгани учун "Порту" жаримага тортилди  2 00:55Погбанинг катта футболга қайтиши кечикмоқда  0 00:34А Сериянинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси аниқланди  2 00:16ЖЧ-2034нинг 2035 йилда бўлиши мумкинлиги ҳақида Инфантино нималар деди?  1 23:50Мбаппе: "Винисиус билан муносабатларимиз яхши. Одамлар истаганини гапиради"  0 23:34Нани: "Аморимга вақт керак"  2 23:13ЖЧ-2026нинг 20-иштирокчиси маълум бўлди  0 22:51Валерий Карпин Эронга қарши ўйин олдидан нималар деди?  8 22:17Лапорта де Йонгнинг норозилиги ҳақида: "Майамига бориш керакми, борамиз"  1 21:55Бундеслиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 21:31Осиё Кубоги саралаши. Тожикистон Мальдив оролларидан устун келди, "Хоразм" футболчиси гол урди  1

Bolalar kutgan Toshkent shahar chempionati start oldi va bir necha turga qoldirildi Yangiliklar

Bolalar kutgan Toshkent shahar chempionati start oldi va bir necha turga qoldirildi

Teglar :  TFABolalar futboli
O'tgan yakshanba kuni Toshkent shahar chempionatining “A“ liga o'yinlariga start berildi.

2008 yildan 2004 yilgacha bo'lib o'tadigan shahar birinchiligida 12tadan jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradilar.

SHu bilan birgalikda Toshkent shahrida 24ta jamoadan iborat “B“ liga chempionati ham bo'lib o'tadi. Unda ham xuddi “A“da bo'lgani kabi 2008-2004 yillar “A“ liga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun kurash olib boradilar.

Reglamentga asosan quyi 2ta o'rinni olgan jamoalar “B“ ligaga ravona bo'ladilar. Aksincha, 2ta yaxshi ko'rsatgichga ega jamoa kuchlilar qatoriga qo'shiladi. Undan tashqari Toshkent shahar chempionatida 2003 va 2002 yillar uchun U-18 musobaqasi boshlanadi. Kattalar uchun esa 2-liga o'yinlari bo'lib o'tadi. Faxriy futbolchilar uchun 40-50 va 50dan yuqori bo'lgan musobaqa ham bo'lib o'tadi.

Kichiklar ligasi ham yo'q emas, aprel oyidan 2009 yildan 2011 yillar oralig'ida tug'ilgan futbolchilar uchun “Baby League” jadvalsiz chempionat yo'lga qo'yiladi.

Afsuski koronavirus tufayli shahar chempionatining keyingi 3ta tur o'yinlari qoldirildi. Vaziyat yaxshilanishi bilan Toshkent shahar chempionatining 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan musobaqalari davom etadi.

Quyida 1-tur natijalari bilan tanishib olishingiz mumkin.



Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика