So’nggi yangiliklar

03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  28 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  2 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  4 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  4 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  14 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  2 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  6 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  4 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  4 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  16

Bo'lajak yulduz Yangiliklar

Bo'lajak yulduz

Yaqinda Paolo Maldini haqida bir nimalar qoralamoqchi bo'ldim. Tushundimki, hali salohiyatim etmas ekan.

Paoloni yozish uchun so'zni otasi CHezaredan boshlash kerak. 25 yillik yorqin faoliyati davomida sovrinlar, shaxsiy yutuqlarga ko'milib ketgan tirik afsonani bitta maqolaga sig'dirish uchun juda qobiliyatli bo'lish kerak, yoki aksincha. 

Maldini faoliyatini yakunlach, "Milan"da boshlangan cho'kish yangi mavsumda tugagandek tasavvur uyg'otmoqda. 39 yoshli Zlatanning atrofiga to'plangan iqtidorlar A Seriyada barchadan yaxshiroq o'ynashyapti. Jamoa tarkibida sizga deyarli tanish bo'lmagan nomlar etarlicha – Aleksis Salemakers, Matteo Gabbiya, Lorenco Kolombo... Bugun shunday o'yinchilardan biri haqida suhbatlashamiz.

Yens Petter Xauge

1999 yil Norvegiyaning Budyo shahrida tavallud topgan. Bo'lajak vinger ona shahrining "Budyo-Glimt" jamoasida tarbiyalandi, 2016-2020 yillarda shu klub uchun o'ynadi.

Taqdirning burilish nuqtasi

Evropa Ligasining yangi mavsumi uchun saralash bosqichida ishtirok etayotgan "rossonerilar" 25 sentyabr kuni "Budyo-Glimt"ni "San-Siro"da qabul qildi. Norvegiyaliklar safida chap qanot vingeri sifatida o'ynayotgan 20 yoshli futbolchi "Milan" mutasaddilarining etiborini o'ziga qaratdi – dadil harakatlar, dribling, golli uzatma va jarima maydonchasi tashqarisidan Donarumma darvozasiga urilgan ajoyib gol. 


Aynan shu bahs yarim himoyachining taqdirini o'zgartirib yubordi. Matbuot norvegiyalik vunderkind qishda "Atalanta" yoki kelasi yozda "Manchester Yunayted" libosini kiyishini taxmin qilayotgan edi. O'yindan keyin "qizil-qoralar" darhol Xauge borasidagi muzokaralarni boshlashdi va Transfermarkt'da 1 mlnga baholangan futbolchini 5 karra ko'proq mablag' evaziga xarid qilishdi. SHu tariqa u jahon futbolidagi o'z tarixini Bergamo yoki Manchesterda emas, "modalar shahri"da yozishga kirishdi.

Xauge varianti xato emasmi? 

O'ylab ko'rsa bo'ladi: vazni engil bo'lgani tufayli (184 sm, 70 kg) havodagi kurashda imkoniyatlari yuqori emas, o'ziga ishonchi balandligi bois vaziyatlarni yolg'iz hal qilishga kirishishdan qo'rqmaydi, hali top-ligalarda o'zini ko'rsatmagan, bitta o'yin orqali hech kimning salohiyatini to'la anglab bo'lmaydi, 5 mln evro  ko'p-ku...

Ammo unutmang, so'nggi yillarda "Milan" shunchalik ko'p omadsiz transferlarni amalga oshirdiki, ularning oldida 5 mln evro haqida gapirish ham kulgili. Bundan tashqari, 1 oy ichida Xaugening transfer qiymati 4 mln evroga ko'tarilib ulgurdi. Darvoqe, Krishtianu Ronalduning "qizil iblislar" tarkibiga o'tish tarixini eslang...

Uning boshqalardan ustunligi nimada? 

"Milan" muxlisi bo'lganim bois jamoaning hech bir o'yinini qoldirmayman. Xaugening maydondagi harakatlarini to'liq kuzatdim, sobiq klubi tarkibidagi o'yinlari bilan qisqacha tanishdim. Xulosam shunday bo'ldi: evrofutbolni titratayotgan Erling Xolandning qanotda o'ynaydigan varianti.

Skandinavcha sovuqqonlik, tezlik, kuchli texnika va zarba, o'ziga nisbatan yuqori ishonchga ega, to'pni deyarli yo'qotmaydi, himoyaga qaytishdan erinmaydi, mehnatkash...

Xauge kelganidan beri "Milan" libosida atigi 67 daqiqa harakatlandi (doim o'yin taqdiri hal bo'lgan pallalarda vaqtni cho'zish uchun zahiradan tushiriladi). Norvegiyalik futbolchi o'ziga taqdim qilinayotgan kichik imkoniyatdan maksimal darajada foydalanyapti. U allaqachon 2 ta gol urishga ulgurdi. Malumot uchun, Xauge "Milan" safida to'pni raqib darvozasi tomon 2 bor tepgan – har ikkisi aniq, har ikkisi gol.

Raqobat

Xauge chap qanotda asosiy tarkibda tushish uchun Ante Rebich bilan kurashishi kerak. Hozircha bu nuqtada xorvatiyalik futbolchi yoki Rafael Leaoga ko'proq ishonch bildirilmoqda. Xaugening ulardan ustunligi nimada? 


Birinchidan, jarima maydonchasiga reyd uyushtirib vaziyat yaratishda nisbatan foydali hisoblanadi, odatda o'zi emas, jamoa uchun eng to'g'ri qarorni qabul qiladi. Golli uzatmalarni amalga oshirishni xush ko'radi. "Budyo-Glimt" tarkibidagi statistikasi shunday: 18 o'yinda 14 gol va 10 ta assist.

Ikkinchidan, vaziyatni to'g'ri baholaydi, to'pdan kerak paytda qutuladi. O'ziga to'liq ishonmasa, darvozaga tepmaydi. Ishongan vaziyatida tepsa, albatta, gol uradi.

Xulosa

Xauge etarli o'yin amaliyoti berilmasa ham, xotirjamlik bilan o'zini isbotlayapti. 21 yoshli vingerning o'yini menga yoqdi. U jamoaning hozirgi tarkibidan eng barqaror o'yin ko'rsatadigan futbolchiga aylanishiga ishonyapman. "Milan"da porlagan o'yinchilar orasidan so'nggi 10 yillikda faqat Stefan El-SHaaravi shunday taassurot qoldirgan edi. Xullas, yaqin yillarda A Seriya yulduzlari haqida gap ketsa, Yens Petter Xauge nomini eshitishga tayyor turing. Eski "Milan" endi hech qachon qaytmaydi. Ammo shu kabi yangi nomlar zamonaviy "Milan"ning yangi tarixini yozishlarini kuzatish maroqli...

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallif :
Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика