So’nggi yangiliklar

00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  0 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  4 23:45А Серия. Чемпион "Интер" "Сассуоло" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  82 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  5 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  8 23:00Саудия Арабистони чемпионати. Роналду ва Мане бошчилигидаги "Ал Насср" ўз уйида "Ал Веҳда"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  4 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2 21:16Ла Лига. "Реал" ўз уйида йирик ғалабага эришди  11

Bokuda Markaziy Osiyo futbol associaciyalari uchun FIFA loyihalarini amalga oshirish bo'yicha seminar o'tkazildi Yangiliklar

Bokuda Markaziy Osiyo futbol associaciyalari uchun FIFA loyihalarini amalga oshirish bo'yicha seminar o'tkazildi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Markaziy Osiyo futbol associaciyalari uchun FIFA loyihalarini amalga tatbiq etish, loyihalarning yanada samaradorligini oshirish mavzusida amaliy seminar bo'lib o'tdi.

11-12 dekabr kunlari O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda Turkmaniston futbol associaciyalari vakillari Bokuda yig'ildilar. Ikki kunlik FIFA seminari mobaynida jahon futbol uyushmasi tashabbusi bilan o'tkaziladigan turli loyiha va dasturlar ko'lami, ularni amalga oshirishda maksimal samaradorlikka erishish, uzoq muddatga mo'ljallangan puxta rejali loyihalar orqali mamlakatda futbolni yanada rivojlantirishga, uning ommaviyligini oshirishga, shuningdek, infratuzilmani yaxshilashga erishish kabi masalalar muhokama etildi.

Mazkur seminarda O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va O'zbekiston futbol associaciyasining yurtimizda futbolni yanada rivojlantirishga qaratilgan loyihalari xususida malumot berdi.

Seminar davomida FIFAning turli yo'nalishdagi loyiha va dasturlarini maqsadli amalga oshirishda Ozarbayjon tajribasi ham o'rganildi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика