Boburbek Yo'ldoshev: “Himoyadagi raqobat meni cho'chitayotgani yo'q”
07 jan 2014 14:00
Yangiliklar

Boburbek Yo'ldoshev: “Himoyadagi raqobat meni cho'chitayotgani yo'q”
Toshkentning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Boburbek Yo'ldoshev ham terma jamoamiz tarkibidan o'rin olgan.
Aytish kerakki, BAAga 8 nafardan ziyod mudofaa chizig'i vakillari yo'l olishdi. Ko'rinib turibdiki, mazkur poziciyada raqobat kuchli. Bundan Yo'ldoshev sira cho'chimayotganini o'zaro suhbatimiz davomida aytib o'tdi.
- Olimpiya terma jamoamiz ustozi SHuhrat Maqsudov va uning mashg'ulotlari to'g'risida qanday fikrdasiz?
- Dekabr oyining oxirlarida 4 kunlik yig'in tashkil etildi. 3 yanvardan boshlab esa ikkinchi yig'in boshlandi. Hozircha hammasi reja asosida ketmoqda. Hech qanday muammo yo'q. Barchaning kayfiyati alo darajada. Hamma o'z ustida tinmay ishlamoqda.
- SHuhrat aka Maqsudov o'ta talabchan murabbiy. U kishini oldindan yaxshi bilganimiz uchun ham hozir tez til topishib ketganmiz. Barcha bilan bir xil munosabatda. Kerak bo'lsa, har bir futbolchi bilan alohida gaplashib fikrlari bilan qiziqmoqda.
- U kishi o'tkazayotgan mashg'ulotlar ham ajoyib. Nasib qilsa endi BAAda ham 6 kunlik yig'in tashkil etib, shu orqali Ummonga jo'nab ketamiz.
- Safarga yo'l olayotgan delegaciyada himoyachilar soni ko'pchilikni tashkil etmoqda. Boshlang'ich tarkibdan joy olish ham oson kechmasligi turgan gap. Fikrimizga siz ham qo'shilsangiz kerak?
- Bilaman asosiy tarkibda maydonga tushish oson bo'lmaydi. CHunki musobaqaga tajribali himoyachilar taklif etilgan. Lekin men raqobatdan qo'rqmayman. Sog'lom raqobat o'sish garovidir. To'g'risi, shu kungacha asosiy tarkibda o'ynayman deb shart qo'ymaganman ham. Buni murabbiy hal qiladi. Kim yaxshiroq tayyor bo'lsa, o'sha o'ynaydi. SHuni hisobga olgan xolda men ham tarkibdan joy olish uchun tinimsiz ishlashga tayyorman.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Fikrlar