Bobur Yo'ldoshev: "Buxoro" – ancha shakllangan jamoa va ularga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi" Yangiliklar

Bobur Yo'ldoshev: "Buxoro" – ancha shakllangan jamoa va ularga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi"

“Lokomotiv” 11-turda o'z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvga “temiryo'lchilar” jamoasi jiddiy hozirlik olib bordi. O'yin oldidan “temiryo'lchilar” jamoasi himoyachisi Bobur Yo'ldoshev klub rasmiy saytiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

– “Buxoro” jamoasiga qarshi bo'ladigan o'yinga yaxshi hozirlik olib bordik. Yigitlarda kayfiyat yaxshi. Barcha faqat ijobiy natija qayd etish to'g'risida o'ylamoqda. Murabbiylarimiz ham takidlab o'tishdi, “Buxoro” – ancha shakllangan jamoa va ularga qarshi o'ynash oson bo'lmaydi. Biroq biz o'z kuchimizga ishonamiz. Agar o'z o'yinimizni namoyish eta olsak, albatta ijobiy natijaga erishamiz, – dedi Yo'ldoshev.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика