So’nggi yangiliklar

16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  0 14:50"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  2 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  3 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  12 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  5 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1

"Bobur Arena"da maydon chimi yangilanmoqda Yangiliklar

"Bobur Arena"da maydon chimi yangilanmoqda

Klublar qishki tatilga chiqishdi, shu jumladan, "Andijon" jamoasi ham.

Jamoa kelasi yilda Superligada ishtirok etishi inobatga olingan holda endilikda tashkiliy masalalar bo'yicha jiddiy ishlar boshlab yuborilgan. 

Ayniqsa, "Bobur Arena" stadioni chimini yangilash zaruriyati tug'ilgani sababli bu masalada ham oldingi siljish borasida amaliy chora-tadbirlar boshlandi. 

Maydon sifatini talab darajasiga keltirish hamda chimni almashtirish yuzasidan o'z ishining ustasi bo'lgan va Respublikamizning qator stadionlaridagi maydonlarni parvarishlagan Uchqun Quvonov boshchiligidagi ishchi guruh endi "Bobur Arena" stadionida qizg'in ishga kirishishgan. SHu bilan birga, stadion direktori Omonillo Mirzaev rahbarligi ostidagi xodimlar ham ishga jiddiy bel bog'lagan.



Ayni paytda maydon chimini ko'chirish ishlari boshlangan. Ushbu chimdan yana foydalanish maqsadida endilikda "Andijon" futbol klubi qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabida joylashgan jamoa qarorgohiga olib boriladi. U erda uchta tabiiy maydon bo'lib, ikkitasi standartlar asosida barpo etilgan. Aynan ulardan birida tabiiy chim yo'qligidan kelib chiqib, endilikda "Bobur Arena" maydonining chimi bilan to'ldiriladi. 

Hozirda katta ishchi guruh "Bobur Arena"da o'ziga yuklatilgan vazifani bajaryapti. Dastlabki bosqichda yuqorida takidlaganimizdek, maydon chimini ko'chirish ishlari olib borilmoqda. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика