So’nggi yangiliklar

07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6

"Bobur Arena"da "burgutlar" parvoz qildi. "Dinamo" 2 yildan so'ng 4 ta gol o'tkazdi. Toshkent derbisida "sherlar" g'olib - Superliganing 13-turi haqida Yangiliklar

"Bobur Arena"da "burgutlar" parvoz qildi. "Dinamo" 2 yildan so'ng 4 ta gol o'tkazdi. Toshkent derbisida "sherlar" g'olib - Superliganing 13-turi haqida

Teglar :  Superliga
Superliga birinchi davrasining 13-turi ham ortda qoldi.

O'tgan turda bir nechta qiziqarli, shiddatli o'yinlar bo'lib o'tdi. Unda jamoalarning ayrim seriyalari, ananalari barham topdi. Quyida turga oid qiziqarli malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. 


- "Surxon" mehmonda "Olimpik"ni mag'lub eta olmayapti. Uydagi o'yinlarda Timur Kapadze shogirdlari 1 g'alaba, 2 durang natija qayd etgan. 

- Termizliklar so'nggi bor mehmonda 5 may kuni "Bunyodkor"ni yutgan edi. Jamoa oxirgi 3 ta safar o'yinida 2 durang, 1 mag'lubiyatni qabul qilib oldi. 

- "Metallurg" jamoasi 2 yildan so'ng "Nasaf" bilan o'yinlarda ochko ishlashga muvaffaq bo'ldi. So'nggi marotaba jamoalar 2022 yilgi mavsumda durang natija qayd etgandi.

- Bu ikki jamoa o'rtasidagi o'yinlarda 10 yildan so'ng 0:0 hisobida o'yin tugallandi.

- Bekobodliklar bu mavsumda uyda yutqazmayapti, 5 ta o'yin, 5 ta durang.

- "Navbahor" mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Superligada yutqazmagan jamoa qolmadi.

- "Navbahor" 2020 yil 24 noyabrdan keyin ilk bor Superligada yirik hisobda mag'lub bo'ldi ("Mashal", 0:3)

- "Andijon" 2010 yildan buyon ilk bor "Navbahor"ni yirik hisobda mag'lub etdi (5:1)

- "Burgutlar"ning Superligadagi 7 o'yinlik g'alabasiz seriyasi yakunlandi. "Navbahor" esa ketma-ket 5 o'yinda 3 ochkosiz maydonni tark etdi. 

- "Navbahor" 4 yildan so'ng "Andijon" darvozasiga yo'l topa olmadi. Oxirgi marotaba 2020 yilgi mavsumda bunday holat yuz bergan, o'yin 0:0 natijasi bilan yakunlangandi.

 

- "Neftchi" - "Lokomotiv" uchrashuvida 6 yildan so'ng durang natijasi qayd etildi. 

- "Temiryo'lchilar"da omadsizliklar davom etadi. Superligadagi g'alabasiz seriya 10 ta o'yinga etdi va shu kayfiyatda tanaffusga yo'l oldi. 

-  CHeran "Paxtakor" safida yuqori ligalarda eng ko'p gol urgan futbolchi nomini afsonaviy Gennadiy Krasnickiydan tortib oldi. Krasnickiy "Paxtakor" tarkibida yuqori ligalarda 102 gol muallifi bo'lgandi. CHeran esa "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qilib, gollari sonini 103taga etkazdi. 

- SHuningdek, u Superligada shu paytgacha rekordchi bo'lib kelgan Igor Sergeevdan ham o'zib ketdi. Sergeev hisobida 101 gol mavjud.

- CHempionatlarda umumiy gol urish borasida (yuqori va quyi ligalar) Gennadiy Krasnickiy 142 gol bilan rekordchi bo'lib turibdi.

- "Dinamo" 9 yildan buyon mehmonda "So'g'diyona"ni yutishni uddasidan chiqa olmayapti. Samarqand jamoasi so'nggi marotaba 2015 yilgi mavsumda raqibi ustidan zafar quchgan.

- "Dinamo" 2022 yil 26 oktyabr sanasidan buyon birinchi marotaba darvozasidan 4 ta gol o'tkazdi. O'shanda OKMK "Dinamo"ni 4:0 hisobida taslim qilgandi. 

- "So'g'diyona" futbolchisi Xondamir Mustafoqulov Superligadagi debyut golini urdi. 

- "Qizilqum" joriy mavsumda 10 uchrashuvdan buyon davom etib kelayotgan g'alabasiz seriyasiga nuqta qo'di. 

- Navoiyliklar mezbon sifatida 5 yildan so'ng OKMKdan ustun keldi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика